T
Murojaat24.UZ
Toggle navigation
Тил
Krilcha
Lotincha
Administrator
Administrator
Facebook
Instagram
Telegram
Profil
Chiqish
Янгиликни таҳрирлаш: “Xabeas korpus akt”ining O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida aks ettirilishi
Home
Янгиликлар
“Xabeas korpus akt”ining O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida aks ettirilishi
update
Сарлавҳа
Матн

Inson huquqlarini sud orqali himoya qilish bo‘yicha muhim institutlardan biri “Xabeas korpus akt” xalqaro darajada umumeʼtirof etilgan hujjat sifatida shaxs erkinligini taʼminlash yo‘lida o‘ziga xos yangi davrga asos solgan.

“Xabeas korpus” (lot. habeas corpus) – “tanani sudga keltirish”, yaʼni ushlangan yoki hibsga olingan shaxsni adolatli sud muhokamasiga bo‘lgan huquqi hisoblanib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishga sanksiya berish, lavozimdan chetlashtirish va shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov choralarning asosligiga faqat sud tomonidan baho berish amaliyotini joriy qilinishi, o‘z navbatida, sudning mustaqilligi, xolisligi va beg‘arazligini taʼminlashni, jinoyat protsessida tortishuv prinsipini kuchaytirishni nazarda tutadi. “Xabeas korpus” instituti qo‘llanishini yanada kengaytirish doirasida pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yish va eksgumatsiya qilish kabi tergov harakatlarini o‘tkazishga sanksiya berish bo‘yicha vakolatlar prokuraturadan sudlarga o‘tkazildi.

Qamoq ehtiyot chorasinining sudlar tomonidan qo‘llanilishi amaliyotini keltiradigan bo‘lsak, 2022-yilda tergov organlaridan sudlarga kelib tushgan jami 24 118 ta iltimosnomadan 23 503 tasi kanoatlantirilgan, 485 tasi esa rad etilgan, yaʼni 485 nafar shaxsga nisbatan asossiz ravishda qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilishi oldi olingan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2022-yilning 20-iyun kuni Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uchrashuvdagi nutqida “Xabeas korpus” institutini rivojlantirish zarur. ... Bu haqdagi muhim normani ham Asosiy qonunimizda aks ettirishimiz zarur. Bunday qoidalar inson, uning hayoti, huquq va erkinliklari – oliy qadriyat degan ezgu tamoyilga har tomonlama mos keladi”, deb taʼkidladi.

Shu maqsadda, yangilangan Konstitutsiyamizning 27-moddasida “Hibsga olishga, qamoqqa olishga va qamoqda saqlashga faqat sudning qaroriga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi. Shaxs sudning qarorisiz qirq sakkiz soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emas”, degan insonparvar qoidalar mustahkamlandi.

Mazkur talab Ispaniya, Gretsiya, Niderlandiya, Xorvatiya, Sloveniya va boshqa davlatlarning konstitutsiyalarida mustahkamlangan.

Tuproqqal’a tuman adliya bo`limi boshlig‘I Shoira Boltayeva

Image 1
Image 2
Image 3
Image 4
Категория
Yangiliklar
Murojaat
Munosabat
Shovot yangiliklari
Сана
Тил
Lotincha
Krillcha
Статус
Active
DeActive
Сақлаш