T
Murojaat24.UZ
Toggle navigation
Тил
Krilcha
Lotincha
Administrator
Administrator
Facebook
Instagram
Telegram
Profil
Chiqish
Янгиликни таҳрирлаш: Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini qo‘llab quvvatlashning konstitutsiyaviy kafolotlari
Home
Янгиликлар
Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini qo‘llab quvvatlashning konstitutsiyaviy kafolotlari
update
Сарлавҳа
Матн

Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini qo‘llab quvvatlash, ularning hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘mak kursatish ijtimoiy davlatning muhim funksiyalaridan biridir. Ayniqsa, muhtoj insonlarni vatan ichra vatani bo‘lgan uy-joy bilan taʼminlash Yangi O‘zbekiston insonparvar siyosatining yorqin ifodasidir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2022-yil 20-iyundagi Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uchrashuvda “Konstitutsiyamizda fuqarolarimizning uy-joyga bo‘lgan huquqlarini himoya qilish, muhtoj toifalarni uy-joy bilan taʼminlash bo‘yicha davlatning majburiyatlarini mustahkamlash zarur”, deb taʼkidlagan edi.

Shu bois, yangilangan Konstitutsiyamizning 47-moddasida “Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan taʼminlash tartibi qonunda belgilanadi”, degan yangi insonparvar norma mustahkamlandi.

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksiga muvofiq, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga nogironligi bo‘lgan bolalari bor yolg‘iz ota-ona, ko‘p bolali oilalardagi ota-onalar, “mehribonlik” uylarining bitiruvchilari, nogironligi bo‘lgan shaxslar, pensiyaoldi yoshidagi shaxslar, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar, odam savdosidan jabrlanganlar va hokazolar kiradi.

Oxirgi yillarda amalga oshirilgan islohotlar natijasida mamlakatimizda “mehribonlik” uylarining bitiruvchilarini, nogironligi bo‘lgan shaxslarni, kam taʼminlangan oilalarni, ayniqsa alohida yordamga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlash, ularga subsidiyalar berish, uylarnin dastlabki badallarini to‘lab berish, imtiyozli va uzoq muddatli ipoteka kreditlar berish kabi insonparvar siyosat amalga oshrilmoqda.

Xususan, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lganlarga ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga subsidiyalar to‘lanishi belgilandi. Yangi tartib doirasida 2020-2022-yillarda jami

27 800 nafar fuqaroga boshlang‘ich badal bir qismini qoplash uchun 795,6 mlrd so‘m va 38 811 nafar fuqaroga 429,4 mlrd so‘m foiz to‘lovlari bir qismi qoplash uchun subsidiya ajratilgan.

Oxirgi olti yilda mamlakatimiz bo‘yicha qariyb 300 mingta yoki avvalgi yillarga nisbatan 10 barobar ko‘p uy-joylar qurildi. Yana bir misol, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan xotin-qizlar ijara huquqi asosida ijtimoiy uy-joylarga joylashtirilmoqda. Jumladan, uy-joy fondida ijara huquqi asosida istiqomat qilayotgan ehtiyojmand xotin-qizlarga ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 50 foizi “Ayollar daftari” jamg‘armasi hamda davlat mablag‘lari hisobidan qoplab berilmoqda.

Bunday norma Shveysariya, Finlyandiya, Portugaliya, Polsha kabi davlatlarning ham konstitutsiyalariga kiritilgan.

Tuproqqal’a tuman adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi boshlig‘i Iskandarov Xusin

Image 1
Image 2
Image 3
Image 4
Категория
Yangiliklar
Murojaat
Munosabat
Shovot yangiliklari
Сана
Тил
Lotincha
Krillcha
Статус
Active
DeActive
Сақлаш