T
Murojaat24.UZ
Toggle navigation
Тил
Krilcha
Lotincha
Administrator
Administrator
Facebook
Instagram
Telegram
Profil
Chiqish
Янгиликни таҳрирлаш: Alohida taʼlim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv taʼlim va tarbiya taʼminlashning konstitutsiyaviy kafolotlari
Home
Янгиликлар
Alohida taʼlim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv taʼlim va tarbiya taʼminlashning konstitutsiyaviy kafolotlari
update
Сарлавҳа
Матн

Fuqarolarni, ayniqsa, sog‘lig‘ida muammosi bo‘lgan bolalarni taʼlim va tarbiya olishi uchun bog‘cha, maktab, oliy taʼlim tashkilotlarida maxsus sharoitlarni yaratish ijtimoiy davlatning vazifalaridan biridir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2022-yil 20-iyundagi Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uchrashuvda alohida eʼtiborga muhtoj bo‘lgan bolalar uchun taʼlim muassasalarida inklyuziv taʼlim tashkil etiladi, degan qoidani Asosiy qonunimizga kiritishni taklif qilgan edi. Ayni maqsadda, yangilangan Konstitutsiyamizning 50-moddasida taʼlim tashkilotlarida alohida taʼlim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv taʼlim va tarbiya taʼminlanadi, degan muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etuvchi norma mustahkamlandi.

Alohida taʼlim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar sirasiga jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan, shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar kiradi.

2020-2025-yillarda xalq taʼlimi tizimida inklyuziv taʼlimni rivojlantirish Konsepsiyasiga muvofiq inklyuziv taʼlim ixtisoslashtirilgan maktablar va birinchi marotaba umumiy o‘rta maktablarda tashkil etiladi. Unga ko‘ra, sog‘lig‘ida nuqsoni bo‘lgan bolalarni faqatgina ixtisoslashgan maktablarda emas, hamma qatori umumiy maktablarda ham o‘qishining yo‘lga qo‘yilishi inson qadri tamoyilining amaliy ifodasidir.

Bugungi kunda aqli zaif, kar va zaif eshituvchi, ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi, tayanch aʼzolarida nuqsoni bo‘lgan 21 231 dan ortiq bolalar uchun respublikamizda 90 ta ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyat yuritmoqda, Bundan tashqari, yengil darajadagi nogironligi bo‘lgan 18 000 nafarga yaqin o‘quvchilar maktablarda sog‘lom bolalar bilan birgalikda o‘qishmoqda.

Tuproqqal’a tuman adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi boshlig‘i Iskandarov Xusin

Image 1
Image 2
Image 3
Image 4
Категория
Yangiliklar
Murojaat
Munosabat
Shovot yangiliklari
Сана
Тил
Lotincha
Krillcha
Статус
Active
DeActive
Сақлаш