T
Murojaat24.UZ
Toggle navigation
Тил
Krilcha
Lotincha
Administrator
Administrator
Facebook
Instagram
Telegram
Profil
Chiqish
Янгиликни таҳрирлаш: Fuqarolar va yuridik shaxslarga Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqi
Home
Янгиликлар
Fuqarolar va yuridik shaxslarga Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqi
update
Сарлавҳа
Матн

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2022-yilning 20-iyunda Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uchrashuvda “Konstitutsiyaviy sud faoliyatini yanada takomillashtirish, fuqarolar va yuridik shaxslarning muayyan ishda sud tomonidan ularga nisbatan qo‘llanilgan qonunning Konstitutsiyaga mosligini tekshirish haqidagi shikoyatlarini ko‘rib chiqish Konstitutsiyaviy sudning vakolati sifatida Konstitutsiyada aks ettirilishi lozim”ligini taʼkidlab o‘tdi.

Shu munosabat bilan, yangilangan Konstitutsiyamizning 133-moddasiga fuqarolar va yuridik shaxslar, agar sud orqali himoya qilishning boshqa barcha vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, sudda ko‘rib chiqilishi tugallangan muayyan ishda sud tomonidan o‘ziga nisbatan qo‘llanilgan qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risidagi shikoyat bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga murojaat qilishga haqli ekanligiga oid maxsus norma qo‘shildi.

Konstitutsiyaga kiritilgan mazkur normaning fuqarolar hamda yuridik shaxslarga konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari muayyan ishda qo‘llanilgan va Konstitutsiyaga muvofiq bo‘lmagan qonunda buzilgan deb hisoblanganda, agar sudda himoya qilishning boshqa barcha vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, Konstitutsiyaviy sudga shikoyat bilan murojaat qilish huquqini beradi

2022-yil davomida Konstitutsiyaviy sudga jami 1 376 ta murojaat kelib tushgan. Murojaatlarning 1 299 tasi jismoniy shaxslar, 77 tasi yuridik shaxslar tomonidan yuborilgan. Murojaatlar Konstitutsiyaviy sud sudyalari tomonidan o‘rganib chiqilib, mualliflarga asoslantirilgan tushuntirishlar berilgan. Sudya va ekspertlar tomonidan 83 nafar fuqaro va yuridik shaxslarning vakillari Konstitutsiyaviy sudda qabul qilindi, ularning murojaatlari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilgan. Konstitutsiyaviy sudda fuqarolarning murojaatlarini bevosita qabul qilish maqsadida “Fuqarolarning onlayn qabuli” portali ishga tushirildi. Shuningdek, mazkur norma kiritilishi, inson huquqlarini himoya qilishda samarali vositalardan biri bo‘lgan konstitutsiyaviy shikoyat institutini Konstitutsiya darajasida mustahkamlaydi.

Fuqarolar va yuridik shaxslarning Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqi Belgiya, Vengriya, Germaniya, Latviya kabi xorijiy davlatlar konstitutsiyalarida ham belgilangan.

Fuqarolar va yuridik shaxslarga Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqi berilayotganligini ahamiyati shundaki, Konstitutsiyaga zid bo‘lgan qonunlar amaliyotda qo‘llanilayotgan bo‘lsa, ularni o‘z vaqtida Konstitutsiyaga muvofiqligini taʼminlashga, Konstitutsiyaga nomuvofiq qonunlar bilan kelgusida boshqa shaxslarning huquqlari buzilishini oldini olishga, shuningdek Konstitutsiya ustunligini taʼminlashga, Konstitutsiyaviy sud faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Tuproqqal’a tuman adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi boshlig‘i Iskandarov Xusin

Image 1
Image 2
Image 3
Image 4
Категория
Yangiliklar
Murojaat
Munosabat
Shovot yangiliklari
Сана
Тил
Lotincha
Krillcha
Статус
Active
DeActive
Сақлаш