T
Murojaat24.UZ
Toggle navigation
Тил
Krilcha
Lotincha
Administrator
Administrator
Facebook
Instagram
Telegram
Profil
Chiqish
Янгиликни таҳрирлаш: Ogohlantirish muddati davomida xodimga boshqa ish topishi uchun haftada kamida 1 kun vaqt beriladi va bu kunga haq to‘lanadi
Home
Янгиликлар
Ogohlantirish muddati davomida xodimga boshqa ish topishi uchun haftada kamida 1 kun vaqt beriladi va bu kunga haq to‘lanadi
update
Сарлавҳа
Матн

Ish beruvchi xodimni bir qator asoslar bilan ishdan bo‘shatishi mumkin, mazkur holatlarda ish beruvchi quyidagi muddatlarda xodimni ishdan bo‘shatish haqida ogohlantirishi shart:

Ogohlantirish yozma shaklda, imzo qo‘ydirib amalga oshiriladi.

– tashkilot tugatilganda, xodimlar soni yoki shtatlar o‘zgarganda – kamida 2 oy oldin (ya’ni 2 oydan ko‘proq muddat 3, 4 oy, 2 oy-u 10 kun va h.z.);

– tashkilot rahbari, o‘rinbosarlari, bosh buxgalter va alohida bo‘linma rahbari mulkdor o‘zgarganligi uchun ishdan bo‘shatilganida – kamida 2 oy oldin;

– xodim malakasi yetarli bo‘lmaganligi uchun bajarayotgan ishiga muvofiq emasligi sababli bo‘shatilganda – kamida 2 hafta oldin;

– xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) uchun ishdan bo‘shatilganda – kamida 3 kun oldin

Ayrim toifadagi xodimlar uchun ogohlantirish muddatining alohida muddati belgilangan:

– mavsumiy ishda ishlaydigan xodimni tashkilot tugatilganda, shtat o‘zgarganda kamida 7 kun oldin, malakasi yetarli bo‘lmaganida kamida 3 kun oldin, o‘zining aybli harakati bilan bo‘shatilganda 1 kun oldin;

Mavsumiy ishlar – iqlim va boshqa tabiiy sharoitlar tufayli muayyan davr (mavsum) davomida bajariladigan ish.

– vaqtinchalik xodimlar korxona tugatilganda, shtat o‘zgarganda xodim malakasi yetarli bo‘lmaganda kamida uch kun oldin, o‘zining aybli harakati bilan bo‘shatilganda kamida 1 kun oldin

Ikki oygacha bo‘lgan muddatga ishga qabul qilingan shaxslar vaqtinchalik ishlarda band bo‘lgan shaxslardir

Ogohlantirish muddati pulli kompensatsiya bilan almashtirilishi mumkin.

Ogohlantirish muddati ichida xodimga boshqa ish topish uchun haftada kamida bir kun vaqt beriladi, bu kunda xodimning ish haqi saqlanadi. Ushbu imtiyoz xodim o‘zining aybi bilan ishdan bo‘shatilganda berilmaydi.

Ogohlantirish muddatiga xodimning kasal bo‘lgan vaqti, davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajargan vaqti kiritilmaydi. Korxona tugatilganda esa hamma vaqt kiritiladi, istisno yo‘q.

Davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajargan vaqtga saylov huquqini amalga oshirish, deputatlik, Senat a’zosi vazifalarini bajarish, harbiy majburiyatni bajarish va boshqa bir qator ishlarni bajargan vaqt kiradi.

Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti G’.Davlatboyev.

Image 1
Image 2
Image 3
Image 4
Категория
Yangiliklar
Murojaat
Munosabat
Shovot yangiliklari
Сана
Тил
Lotincha
Krillcha
Статус
Active
DeActive
Сақлаш