T
Murojaat24.UZ
Toggle navigation
Тил
Krilcha
Lotincha
Administrator
Administrator
Facebook
Instagram
Telegram
Profil
Chiqish
Янгиликни таҳрирлаш: O‘zbekiston - ijtimoiy davlat
Home
Янгиликлар
O‘zbekiston - ijtimoiy davlat
update
Сарлавҳа
Матн

Yangilangan Konstitutsiyamizda O‘zbekiston o‘zini ijtimoiy davlat deb eʼlon qilmoqda. Ijtimoiy davlatda esa shaxsning munosib hayot kechirishi uchun yetadigan ish haqi olishi, bandligi taʼminlanishi, xavfsiz mehnat sharoitida ishlashi uchun shart-sharoitlar yaratilishi lozim.

Shu munosabat bilan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 42-moddasida “Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonning munosib turmush darajasini taʼminlash zarurati hisobga olingan holda belgilanadi”, degan yangi norma belgilandi.

Insonning munosib yashashi deganda, insonning yashash xarajatlarini (oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, kommunal, transport, aloqa va boshq.) qoplash, shuningdek taʼlim olish, sog‘liqni saqlash, dam olish va boshqa ehtiyojlarini qondirish imkoniyatiga ega bo‘lishi tushuniladi.

Mehnat qilayotgan har bir inson asosiy ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli mablag‘ga ega bo‘lishi kerak. O‘z navbatida, davlat fuqaroga mehnatiga yarasha ish haqi to‘lanishining choralarini ko‘rishi va kafolatlarini taʼminlashi, ish beruvchi esa xodim oldidagi majburiyatlarini bajarishi shart.

Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori tushunchasi xalqaro qabul qilingan bo‘lib, butun dunyoda keng tarqalgan ijtimoiy adolat prinsiplaridan biridir. Bu meʼyor mamlakatimizning xalqaro hujjatlari bilan o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarida ham ko‘zda tutilgan. Masalan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida har bir ishlovchi shaxsga munosib yashashini taʼminlaydigan adolatli va qoniqarli daromad olish huquqiga ega ekanligi mustahkamlangan.

Shuningdek, Xalqaro mehnat tashkilotining Rivojlanayotgan davlatlar xususiyatlarini eʼtiborga olgan holda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini belgilash to‘g‘risidagi konvensiyasida eng kam ish haqi darajasini aniqlashda mamlakatdagi ish haqining umumiy darajasi, isteʼmol narxlari, ijtimoiy nafaqalar va boshqa ijtimoiy guruhlarning qiyosiy turmush darajasini hisobga olgan holda belgilanishi lozimligi ko‘rsatilgan. Ish beruvchi tomonidan xodimga ish haqini belgilashda yuqoridagi talablar inobatga olishlari lozim.

Mazkur yangi normaning Konstitutsiyada belgilanishi fuqarolarning ish haqlari miqdori shunchaki emas, aynan ularning munosib turmush kechirishi taʼminlashda, pirovard natijada aholi turmush darajasini yaxshilashda va mamlakatda ijtimoiy adolatni taʼminlashda amaliy ahamiyatga ega.

Xonqa tuman adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti Tajiyev Atabek Yuldashevich

Image 1
Image 2
Image 3
Image 4
Категория
Yangiliklar
Murojaat
Munosabat
Shovot yangiliklari
Сана
Тил
Lotincha
Krillcha
Статус
Active
DeActive
Сақлаш