T
Murojaat24.UZ
Toggle navigation
Тил
Krilcha
Lotincha
Administrator
Administrator
Facebook
Instagram
Telegram
Profil
Chiqish
Янгиликни таҳрирлаш: Shaxsiy va oilaviy siriga ega bo‘lish huquqining konstitutsiyaviy kafolotlari
Home
Янгиликлар
Shaxsiy va oilaviy siriga ega bo‘lish huquqining konstitutsiyaviy kafolotlari
update
Сарлавҳа
Матн

Shaxsiy va oilaviy sirlarga ega bo‘lish insonning muhim fuqarolik huquqlaridan bo‘lib, u davlat tomonidan kafolatlanishi, Konstitutsiya va qonun hujjatlari bilan muhofaza etilishi lozim.
Shu munosabat bilan, yangilangan Konstitutsiyamizning 31-moddasida har bir inson shaxsiy va oilaviy siriga ega bo‘lish huquqini belgilovchi muhim qoida mustahkamlandi.
Shaxsiy sirlar – bu inson hayotidagi voqealar, faktlar, sharoitlar to‘g‘risidagi har qanday insonning o‘zi ochiqlashni xohlamayotgan va bu maʼlumotlarni boshqalarga maʼlum bo‘lmasligidir. Qachonki shaxs bu maʼlumotlarni o‘z xohishiga ko‘ra ochiqlasa, uning sir tutilish maqomi bekor bo‘ladi.
Oilaviy sirlarning shaxsiy sirlardan farqi shundaki, u oilaning bir necha aʼzolariga tegishli bo‘ladi. Bunda, sir oilaning barcha aʼzolari tomonidan emas, balki bir-ikki aʼzosi tomonidan ham maxfiy deb topilishi mumkin. Oilaviy sirlarda maʼlumotlar oilaning barcha aʼzolariga yoxud baʼzi birlariga aloqador ham bo‘lishi mumkin.
Shaxsiy yoki oilaviy sirga nafaqat kishini yoki uning oilasini obro‘sizlantiruvchi, sharmanda qiluvchi maʼlumotlar, balki shaxs maxfiy saqlab qolishni istayotgan boshqa maʼlumotlar ham kiradi.
Afsuski, keyingi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali shaxsning oilaviy yoki shaxsiy siri to‘g‘risidagi maʼlumotlarni, fotosuratlar, o‘zaro yozishmalarni uning roziligisiz qonunga xilof ravishda yig‘ish yoki tarqatish holatlari kuzatilmoqda.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida (1948-yil), Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risida xalqaro paktda (1966-yil) hech kimning shaxsiy va oilaviy hayotiga o‘zboshimchalik bilan aralashish, uning yozishmalaridagi sirlariga yoki uning nomusi, shaʼniga tajovuz qilish mumkin emasligi ko‘rsatilgan.
Shaxsiy va oilaviy sirlar O‘zbekiston qonunchiligi bilan muhofaza qilinadi. Xususan, insonning shaxsiy yoki oilaviy sirini tashkil etuvchi shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi malumotlarni uning roziligisiz qonunga xilof ravishda yig‘ganlik yoki tarqatganlik uchun mamuriy va jinoiy javobgarlikni belgilangan.

Yangiariq tumani Adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

bosh yuriskonsulti Y.Xo`jamuratova

Image 1
Image 2
Image 3
Image 4
Категория
Yangiliklar
Murojaat
Munosabat
Shovot yangiliklari
Сана
Тил
Lotincha
Krillcha
Статус
Active
DeActive
Сақлаш