T
Murojaat24.UZ
Toggle navigation
Тил
Krilcha
Lotincha
Administrator
Administrator
Facebook
Instagram
Telegram
Profil
Chiqish
Янгиликни таҳрирлаш: “Qadriyat” elektron platformasi va uning mobil ilovasi yaratiladi
Home
Янгиликлар
“Qadriyat” elektron platformasi va uning mobil ilovasi yaratiladi
update
Сарлавҳа
Матн

“Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy o’rganish va targ’ib qilishni rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Prezident qarori (PQ–405-son, 25.12.2023-y.) qabul qilindi

Qarorga ko’ra, 2024-yil 1-apreldan:

noyob va (yoki) yo’qolib ketish xavfi ostida bo’lgan nomoddiy madaniy meros namunalarini saqlovchi 20 nafar shaxs aniqlanib, ularga ko’maklashiladi hamda faoliyatini baholash ko’rsatkichlari belgilab beriladi.

Ushbu ko’rsatkichlarni bajargan nomoddiy madaniy meros namunalarini saqlovchi shaxslar har oyda 5 mln so’m miqdorida rag’batlantirib boriladi;

alohida ahamiyatga ega nomoddiy madaniy meros namunalarini yozib olish va keng tarqatish uchun har yili 50 ta audiovizual asar yaratishga davlat buyurtmasi beriladi.

Qarorga ko’ra, nomoddiy madaniy meros namunalarini “tayyorlash–o’rgatish–tiklash–ommalashtirish” yaxlit uzluksiz tizim asosida rivojlantiriladi.

Nomoddiy madaniy meros namunalarini kompleks rivojlantirish bo’yicha ilmiy-amaliy va ijodiy maktablar faoliyati yo’lga qo’yiladi.

Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutida etnofolklor laboratoriyasi tashkil etiladi.

Institutga 2024-yildan har yili to’lov-kontrakt shartnomasi asosida tayanch doktorantura uchun kamida 3 tadan, stajyor-tadqiqotchilik uchun kamida 2 tadan kvota ajratiladi.

Shuningdek, 2024-yildan har yili:

madaniyatshunoslik, nomoddiy madaniy meros sohalari, xususan, maqom va baxshichilik san’ati bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan xodimlar xorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalariga falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini himoya qilish uchun yuboriladi;

mart oyida “Milliy qadriyatlar oyligi” tadbirlari va xalq sayillari o’tkazib boriladi.

2024-yil 1-oktabrgacha “Qadriyat” elektron platformasi va uning mobil ilovasi yaratiladi.

Platformaga nomoddiy madaniy merosni, jumladan maqom, baxshichilik namunalarini o’zida saqlovchi va yetkazuvchilar haqidagi ma’lumotlar hamda ularning ro’yxati joylashtiriladi.

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Image 1
Image 2
Image 3
Image 4
Категория
Yangiliklar
Murojaat
Munosabat
Shovot yangiliklari
Сана
Тил
Lotincha
Krillcha
Статус
Active
DeActive
Сақлаш