T
Murojaat24.UZ
Toggle navigation
Тил
Krilcha
Lotincha
Administrator
Administrator
Facebook
Instagram
Telegram
Profil
Chiqish
Янгиликни таҳрирлаш: Sug'urta polislarini qog'oz shaklida rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi
Home
Янгиликлар
Sug'urta polislarini qog'oz shaklida rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi
update
Сарлавҳа
Матн

“Sug'urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-108-son, 01.03.2024 y.) qabul qilindi

Qarorga ko'ra, 2024-yil 1-sentabrdan:

sug'urtaning barcha turlari bo'yicha sug'urta (qayta sug'urta) shartnomalarini yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ro'yxatdan o'tkazish va sug'urta polislarini ushbu tizim orqali rasmiylashtirish majburiy hisoblanadi;

barcha sug'urta turlari bo'yicha sug'urta polislarini faqat qog'oz shaklda rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi;

sug'urta polislarini yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali rasmiylashtirmaslik ularni haqiqiy emas deb topishga asos bo'ladi hamda sug'urtalovchi tomonidan lisenziya talablari va shartlarini bir marta qo'pol ravishda buzish hisoblanadi;

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi sug'urtalovchilar tomonidan ko'rsatiladigan sug'urta xizmatlari sifati bo'yicha sug'urtalovchilar reytingini yuritadi va ommaviy axborot vositalarida e'lon qiladi.

Quyidagilarga shartnomalarning o'z vaqtida rasmiylashtirilishini ta'minlash majburiyati yuklatiladi:

➖Soliq qo'mitasi va Transport vazirligiga ish beruvchining va tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish shartnomalarini;

➖Tog'-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasiga xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sog'lig'i yoki mol-mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish shartnomalarini;

➖Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligiga obyektlarni davlat mablag'lari va hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sug'urta qilish shartnomalarini.

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Image 1
Image 2
Image 3
Image 4
Категория
Yangiliklar
Murojaat
Munosabat
Shovot yangiliklari
Сана
Тил
Lotincha
Krillcha
Статус
Active
DeActive
Сақлаш