T
Murojaat24.UZ
Toggle navigation
Тил
Krilcha
Lotincha
Administrator
Administrator
Facebook
Instagram
Telegram
Profil
Chiqish
Янгиликни таҳрирлаш: Jazo tayinlash
Home
Янгиликлар
Jazo tayinlash
update
Сарлавҳа
Матн

O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 86-moddasiga asosan, sud voyaga yetmaganlarga jazo tayinlashda jazo tayinlashning umumiy asoslariga amal qiladi, voyaga yetmaganning rivojlanganlik darajasi, turmush sharoiti va tarbiyasini, sog‘lig‘ini, sodir etgan jinoyatining sabablarini, katta yoshdagilarning va boshqa holatlarning uning shaxsiga ta’sirini hisobga oladi.

O‘n to‘rt yoshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan vaqtda jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoyatlar majmui tariqasida jazo tayinlanganda ozodlikdan mahrum qilishning eng ko‘p muddati o‘n yilgacha, agar sodir etgan jinoyatlarining bittasi o‘ta og‘ir jinoyat bo‘lsa, o‘n ikki yilgacha tayinlanadi.

O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan vaqtda jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoyatlar majmui tariqasida ozodlikdan mahrum qilish jazosi — o‘n ikki yilgacha muddatga, agar sodir etgan jinoyatlarining bittasi o‘ta og‘ir jinoyat bo‘lsa, o‘n besh yilgacha muddatga tayinlanishi mumkin.

Jinoyat sodir etish paytida o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarga nisbatan bir necha hukm yuzasidan tayinlanadigan ozodlikdan mahrum qilish jazosining muddati o‘n besh yildan oshmasligi kerak.

Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlanganda sud ushbu Kodeksning 72-moddasida nazarda tutilgan asos va shartlar mavjud bo‘lsa, shartli jazo belgilashi mumkin.

Hazorasp tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Image 1
Image 2
Image 3
Image 4
Категория
Yangiliklar
Murojaat
Munosabat
Shovot yangiliklari
Сана
Тил
Lotincha
Krillcha
Статус
Active
DeActive
Сақлаш