T
Murojaat24.UZ
Toggle navigation
Тил
Krilcha
Lotincha
Administrator
Administrator
Facebook
Instagram
Telegram
Profil
Chiqish
Янгиликни таҳрирлаш: Ishdan bo‘shayotganda xodimga qanday pullar to‘lab berilishi kerak?
Home
Янгиликлар
Ishdan bo‘shayotganda xodimga qanday pullar to‘lab berilishi kerak?
update
Сарлавҳа
Матн

Mehnat kodeksida xodim ishdan bo‘shayotganda unga xodimning ish faoliyati bilan bog‘liq to‘lovlarni to‘lab berish belgilab qo‘yilgan.

Mehnat kodeksining 172-moddasiga asosan Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodim bilan hisob-kitob qilinishi kerak.

Hisob-kitob xodimga:

- oxirigacha olinmagan ish haqini;

- xodim tomonidan foydalanilmagan barcha asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalarni;

- agar mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida boshqa to‘lovlarni to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu to‘lovlarni to‘lashni o‘z ichiga olishini belgilangan.

Ya’ni xodim ishdan bo‘shayotganda ish beruvchi tomonidan unga yuqoridagi 3 turdagi pullar to‘lab berilishi kerak.

Bu pullar qachon to‘lanishi kerak?

Ish beruvchi tomonidan xodimga tegishli bo‘lgan barcha summalarni to‘lash xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan kunda amalga oshiriladi.

O‘zi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimga mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyingi davrda biror-bir to‘lovlar (oy, chorak, yil yakunlari bo‘yicha mukofotlar) hisoblangan taqdirda, ushbu to‘lovlar xodim tomonidan tegishli talab qo‘yilganidan keyin uch kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.

Shovot tumani YXKM

boshlig‘i K.Ismailov

Image 1
Image 2
Image 3
Image 4
Категория
Yangiliklar
Murojaat
Munosabat
Shovot yangiliklari
Сана
Тил
Lotincha
Krillcha
Статус
Active
DeActive
Сақлаш