T
Murojaat24.UZ
Toggle navigation
Тил
Krilcha
Lotincha
Administrator
Administrator
Facebook
Instagram
Telegram
Profil
Chiqish
Янгиликни таҳрирлаш: #Qonunchilikdagi_yangiliklar
Home
Янгиликлар
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
update
Сарлавҳа
Матн

Onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarni sog'lomlashtirishga ko'maklashish jamg'armasi tashkil etildi

“Onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordam ko'rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-183-son, 21.05.2024 y.) qabul qilindi

Qarorga ko'ra, quyidagilar bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi sohasini rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan biri etib belgilandi, jumladan:

2030-yilgacha onkologik kasalliklarga chalingan bolalarning omon qolish darajasini 60 foizga oshirish;

gemopoetik o'zak hujayralari va suyak ko'migi hujayralarini transplantatsiya qilishni rivojlantirish;

bemor bolalarni zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan uzluksiz ta'minlash.

Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazini Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (Markaz) etib qayta nomlandi.

Markaz huzurida Onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarni sog'lomlashtirishga ko'maklashish jamg'armasi tashkil etildi.

2024-yil 1-iyuldan onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan 18 yoshdan 21 yoshgacha bo'lgan (21 yosh ham kiradi) bemorlar belgilangan tibbiyot markazlarining bolalar gematologiyasi va onkologiyasi bo'limlarida, shuningdek, ular voyaga yetgunlariga qadar ushbu kasallik bo'yicha tibbiy yordam ko'rsatgan boshqa tibbiyot tashkilotlarida bepul davolanishni davom ettiradi.

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Image 1
Image 2
Image 3
Image 4
Категория
Yangiliklar
Murojaat
Munosabat
Shovot yangiliklari
Сана
Тил
Lotincha
Krillcha
Статус
Active
DeActive
Сақлаш