T
Murojaat24.UZ
Toggle navigation
Тил
Krilcha
Lotincha
Administrator
Administrator
Facebook
Instagram
Telegram
Profil
Chiqish
Янгиликни таҳрирлаш: #Qonunchilikdagi_yangiliklar
Home
Янгиликлар
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
update
Сарлавҳа
Матн

Tuman (shahar) adliya bo'limlariga qo'shimcha vazifalar yuklatildi

Farmonga ko'ra, Adliya organlari faoliyatini hududlarda samarali tashkil etish hamda huquqiy xizmatlar qamrovini yanada oshirish maqsadida tuman (shahar) adliya bo'limlariga quyidagi qo'shimcha vazifalar yuklatildi:

➖joylarda aholi tomonidan ko'tarilayotgan dolzarb muammolarni ko'rib chiqish va hal etish uchun har oyda mahallalarda “Adliya kuni” tadbirlarini o'tkazish.

Bunda olis hududlardagi mahallalarda har oyda kamida ikki marotaba sayyor davlat xizmatlarini ko'rsatib borish;

➖uyma-uy yurish va “Huquqiy ko'mak” aksiyalarini o'tkazish orqali fuqarolar kundalik hayotida aniqlanadigan huquqiy muammolarni bartaraf etish yuzasidan qonunchilikni takomillashtirish bo'yicha takliflar tayyorlash;

➖“mahalla yettiligi”ga qonunchilik hujjatlarining mohiyati

va ahamiyatini oddiy va xalqchil tilda yetkazish, shuningdek ular tomonidan “Online-mahalla” platformasiga kiritilgan aholining kundalik hayotidagi huquqiy masalalarga oid muammolarini hal etib borish;

➖aholiga, avvalambor “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko'rsatilishini ta'minlash;

➖yoshlar, xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik subyektlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, subsidiyalar, grantlar va davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning boshqa turlari hamda ulardan foydalanish tartibi haqida xabardor qilish;

➖davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) bo'linmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarida yagona huquqni qo'llash amaliyotini shakllantirishda ularga metodik yordam ko'rsatib borish.

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Image 1
Image 2
Image 3
Image 4
Категория
Yangiliklar
Murojaat
Munosabat
Shovot yangiliklari
Сана
Тил
Lotincha
Krillcha
Статус
Active
DeActive
Сақлаш