T
Murojaat24.UZ
Toggle navigation
Тил
Krilcha
Lotincha
Administrator
Administrator
Facebook
Instagram
Telegram
Profil
Chiqish
Янгиликни таҳрирлаш: YANGI SAYLOV TIZIMINING (MAJORITAR-PROPORSIONAL) MOHIYATI
Home
Янгиликлар
YANGI SAYLOV TIZIMINING (MAJORITAR-PROPORSIONAL) MOHIYATI
update
Сарлавҳа
Матн

Saylov tizimidagi yangiliklar

Xalqaro tajribada saylov tizimining bir nechta shakllari mavjud, jumladan majoritar, proporsional va aralash tizimlari.

Majoritar tizimida saylovchilar to‘g‘ridan to‘g‘ri ayni bir nomzodga ovoz beradi va eng ko‘p ovoz olgan nomzodlar saylangan deb topiladi.

Proporsional tizimda esa saylovchilar muayyan nomzodga emas, partiyalarga ovoz beradi. Partiyalarning parlamentdagi o‘rni ular to‘plagan ovozga muvofiq taqsimlanadi.

Keyingi tizim esa aralash saylov tizimi bo‘lib unda deputatlarning bir qismi majoritar tartibda, ikkinchi qismi esa proporsional tartibda saylanadi.

Endilikda, O‘zbekiston Respublikasida parlamentga saylovlar aynan aralash – majoritar-proporsional tizim asosida bo‘lib o‘tadi. Bunda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining 75 nafari odatdagidek mojaritar saylov tizimiga asosida, qolgan 75 nafari proporsional saylov tizimi asosida saylanadi.

Shunga ko‘ra, Qonunchilik palatasining 75 nafar deputatini majoritar tartibda saylash uchun 75 ta hududiy saylov okrugi tuziladi, siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxati asosida qolgan 75 nafar deputat saylovi uchun O‘zbekistonning butun hududi yagona saylov okrugi hisoblanishi belgilab qo‘yilgan.

Saylov okruglarining chegaralari Qoraqalpog‘iston Respublikasining, viloyatlarning va Toshkent shahrining ma’muriy-hududiy tuzilishi inobatga olingan holda, qoida tariqasida, saylovchilar soni teng holda belgilanadi.

Rasulbek Ibragimov

Xorazm viloyat adliya boshqarmasi

Bosh maslahatchisi

Image 1
Image 2
Image 3
Image 4
Категория
Yangiliklar
Murojaat
Munosabat
Shovot yangiliklari
Сана
Тил
Lotincha
Krillcha
Статус
Active
DeActive
Сақлаш