T
Murojaat24.UZ
Toggle navigation
Тил
Krilcha
Lotincha
Administrator
Administrator
Facebook
Instagram
Telegram
Profil
Chiqish
Янгиликни таҳрирлаш: HAMSHIRALAR AKADEMIYASI TASHKIL ETILADI
Home
Янгиликлар
HAMSHIRALAR AKADEMIYASI TASHKIL ETILADI
update
Сарлавҳа
Матн

“Ma'muriy islohotlar doirasida sog'liqni saqlash sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida” gi Prezident qarori (PQ–197-son, 20.06.2023-y.) qabul qilindi

Qarorga ko'ra, tibbiyotning birlamchi bo'g'inida tibbiy-sanitariya yordamini ko'rsatishning quyidagilarni nazarda tutuvchi takomillashtirilgan tizimi joriy etiladi:

tuman (shahar) darajasida ambulator va stasionar sharoitda aholining eng ko'p murojaatlariga sabab bo'layotgan kasalliklar va holatlarni inobatga olgan holda, Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari ro'yxati shakllantiriladi;

birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari shifokorlari tegishli hududda eng ko'p tarqalgan kasalliklar va holatlar bo'yicha qisqa muddatli kurslarda o'qitiladi.

2024-yildan yillik tibbiy ko'riklar doirasida nuroniylarni maqsadli skriningdan o'tkazish dasturlari joriy etiladi.

2023/2024-o'quv yilidan quyidagilar tashkil etiladi:

Chilonzor Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi negizida Hamshiralar akademiyasi;

tibbiyot kollejlari negizida Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari;

Shuningdek, quyidagilar joriy etiladi:

tibbiyot OTMda o'qish muddati 4 yillik “oliy malakali hamshira” bakalavriat ta'lim yo'nalishi bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash;

texnikumlarning takliflari asosida qabul parametrlari hamda qo'shimcha ravishda tabaqalashtirilgan to'lov-kontrakt asosida o'qishga qabul qilish tartibi;

tibbiyot yo'nalishidagi davlat OTM talabalarining bilimlarini 2 bosqichli (fundamental va klinik-amaliy ko'nikmalar) baholash va ularning malakasini tasdiqlash milliy tizimi;

tibbiyot xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan uzluksiz kasbiy ta'lim portali.

Davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlariga malaka oshirish kurslarini joriy etish huquqi beriladi.

Tibbiyot va farmasevtika xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish, ularning malakasini oshirish jarayonlari to'liq raqamlashtiriladi.

️ 2023-yil yakunigacha:

barcha nodavlat tibbiyot tashkilotlari Sog'liqni saqlash vazirligining maxsus axborot tizimiga ulanadi;

nodavlat tibbiyot tashkilotining xodimlari, tibbiy texnikasi, xizmat turlari, tibbiy statistika va boshqa hisobotlari monitoringi yuritiladi;

tibbiy faoliyatni nazorat qilishda “xavfni tahlil qilish” tizimi yo'lga qo'yiladi.

Shuningdek, quyidagilar tashkil etiladi:

Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi;

Tibbiyot va farmasevtika xodimlarining malakasini baholash markazi;

Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi.

Rasulbek IBRAGIMOV
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi
bosh maslahatchisi

Image 1
Image 2
Image 3
Image 4
Категория
Yangiliklar
Murojaat
Munosabat
Shovot yangiliklari
Сана
Тил
Lotincha
Krillcha
Статус
Active
DeActive
Сақлаш