T
Murojaat24.UZ
Toggle navigation
Тил
Krilcha
Lotincha
Administrator
Administrator
Facebook
Instagram
Telegram
Profil
Chiqish
Янгиликни таҳрирлаш: MULK HUQUQINING DAHLSIZLIGI
Home
Янгиликлар
MULK HUQUQINING DAHLSIZLIGI
update
Сарлавҳа
Матн

«Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonga muvofiq, mulk daxlsizligi muhofazasini yanada mustahkamlash hamda xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirishni nazarda tutuvchi bir qator yangi tartiblar joriy qilindi. Shu jumladan:

Mulkka bo‘lgan huquqni uni vujudga keltirgan hujjatni bekor qilish orqali tugatish mumkin emas. Agar hujjat noqonuniy qabul qilingan bo‘lsa, faqat sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

Yerdan ixtiyoriy voz kechish mulkdorning notarial tasdiqlanadigan arizasiga asosan amalga oshiriladi. Endi buning uchun hokim qarorini qabul qilish talab etilmaydi.

Yuridik shaxs tugatilganda uning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlari bekor qilinmaydi va yer davlat zaxirasiga qaytarib olinmaydi. Mazkur yerlar tugatilayotgan yuridik shaxsning muassislariga o‘tadi.

“Xabeas korpus” instituti doirasida curishtiruvchi va tergovchining mol-mulkni xatlash bilan bog‘liq qarorlarini sudda ko‘rib chiqish tartibini joriy etildi.

Xususiy mulk huquqini buzganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladigan holatlar belgilab berildi. Shu jumladan, endilikda xususiy mulk ob’ekti va u joylashgan hududga mulkdorning ruxsatisiz kirish uchun jinoiy javobgarlikka tortishgacha bo‘lgan choralar qo‘llanishi mumkin.

Endilikda mulkdor yoki uning vakili o‘z mulkini har qanday tajovuzdan huquqni buzishga mutanosib ravishda va huquq buzilishining oldini olish uchun zarur harakatlar doirasida mustaqil himoya qilish huquqiga ega bo‘ladi.

Turar joyga nisbatan mulkdor bilan qarindoshlik aloqalariga ega bo‘lmagan shaxslarni ushbu turar joydan doimiy ro‘yxatdan chiqarish uchun ularning roziligini olish talab etilmaydi.

2023 yil 1 yanvardan “Kadastr va ko‘chmas mulklarni ro‘yxatdan o‘tkazish integratsion axborot tizimi” (UZKAD) ko‘chmas mulkka oid yagona axborot bazasi hisoblanadi. Bunda tizimdagi ma’lumotlarning haqiqiyligi va ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadi.

Agar turar joy UZKAD tizimidagi noto‘g‘ri ma’lumotlarga ishonib xarid qilingan bo‘lsa, 3 yildan keyin sotib oluvchidan (insofli egallovchi) ushbu uyni talab qilib olish mumkin emas. Dastlabki mulkdorga yetkazilgan zarar davlat tomonidan qoplanib, keyinchalik aybdordan undiriladi.

Hukumat va viloyatlar hokimliklari huzuridagi “snos” jamg‘armalari Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha respublika va hududiy maqsadli jamg‘armalarga (kompensatsiya jamg‘armalari) aylantirildi.

Aholi va tadbirkorlarga yetkazilgan quyidagi zararlar kompensatsiya jamg‘armalaridan to‘lab beriladi:

davlat organi, mansabdor shaxs, xususan, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning qonunga xilof harakatlari natijasida mulkdorga yetkazilgan, sud qarori bilan aniqlangan zarar;

ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reestriga noqonuniy yoki haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarning kiritilishi natijasida unga ishonib harakat qilgan shaxslarga yetkazilgan zarar;

turar joy insofli egallovchidan talab qilib olinmasligi natijasida uning haqiqiy egasiga yetkazilgan zarar.

Sudlarda fuqarolarga nisbatan mulkiy da’volar kiritishda davlat boji to‘lashdan ozod qilingan davlat organlari soni qisqartiriladi, fuqarolar esa o‘z mulkini o‘zganing noqonuniy egaligidan talab qilib olish to‘g‘risidagi da’volari bo‘yicha davlat bojidan ozod qilinadi.

Qo‘shko‘pir tumani Adliya bulimi

davlat xizmatlari markazi

yetakchi mutaxassisi J.S.Sabirov

Image 1
Image 2
Image 3
Image 4
Категория
Yangiliklar
Murojaat
Munosabat
Shovot yangiliklari
Сана
Тил
Lotincha
Krillcha
Статус
Active
DeActive
Сақлаш