T
Murojaat24.UZ
Toggle navigation
Тил
Krilcha
Lotincha
Administrator
Administrator
Facebook
Instagram
Telegram
Profil
Chiqish
Янгиликни таҳрирлаш: Yangi qurilayotgan yo‘llarda piyodalar o‘tish yo‘laklari svetoforlar bilan majburiy jihozlanadi
Home
Янгиликлар
Yangi qurilayotgan yo‘llarda piyodalar o‘tish yo‘laklari svetoforlar bilan majburiy jihozlanadi
update
Сарлавҳа
Матн

Bunda aholi punktlarida qurilayotgan ikki va undan ortiq polosali yo‘llar nazarda tutiladi.

Avvalroq prezident farmoni bilan “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi tasdiqlandi hamda uni 2023-yilda o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha prezident qarori qabul qilingandi.

Unga ko‘ra, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish yo‘nalishi doirasida muhim topshiriqlar belgilanmoqda.

Xususan, kelasi yildan aholiga yo‘l harakati xavfsizligi sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, shu jumladan avtomototransportlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ularning oldi-sotdi shartnomalari va boshqa notarial tasdiqlangan bitimlarni “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan olish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Bunda ariza beruvchilardan mazkur hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.

2024-yilning 1-martidan notarial idoraga kelmasdan, chet eldan turib mol-mulkdan foydalanish bilan bog‘liq bitimlarni (mulk huquqini boshqa shaxsga o‘tkazishdan tashqari) elektron raqamli imzodan foydalanib, videokonferensaloqa orqali rasmiylashtirish tartibi yo‘lga qo‘yiladi.

2024-yildan bosqichma-bosqich barcha shahar va tumanlarda “Mahalla budjeti” tizimi joriy etiladi.

Kelasi yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun davlat budjetidan 10 trln so‘m, shundan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari uchun kamida 4 trln so‘m yo‘naltiriladi.

2024-yil yakunigacha qonunda belgilangan asoslarda tezkor-qidiruv va tergov harakatlariga sanksiya berish masalasini alohida sudyalar — tergov sudyalari tomonidan ko‘rib chiqish tartibi joriy etiladi.

2024-yildan quyidagi tartiblar joriy etiladi:

birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxsni, agar u sud maslahatxonaga kirguniga qadar soliqlar va yig‘imlar, shu jumladan penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplasa, javobgarlikdan ozod qilish;

tadbirkorlarga nisbatan qo‘zg‘atilgan har bir jinoyat ishi bo‘yicha tergov hamda sud jarayonida tegishli mansabdor shaxs jinoyat ishi materiallarini ish yurituviga qabul qilgan vaqtdan tadbirkorni himoya qilishga Biznes-ombudsman, Savdo-sanoat palatasi hamda tadbirkor a’zo hisoblangan boshqa tashkilotni jamoat himoyachisi sifatida jalb etish (xabar qilish).

Shuningdek, kelasi yildan aholi punktlarida barcha yangi qurilayotgan ikki va undan ortiq polosali avtomobil yo‘llarida piyodalar o‘tish yo‘laklarini svetoforlar bilan to‘liq jihozlash majburiy etib belgilanadi.

Yangibozor tumani adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti O.Rajapov

Image 1
Image 2
Image 3
Image 4
Категория
Yangiliklar
Murojaat
Munosabat
Shovot yangiliklari
Сана
Тил
Lotincha
Krillcha
Статус
Active
DeActive
Сақлаш