T
Murojaat24.UZ
Toggle navigation
Тил
Krilcha
Lotincha
Administrator
Administrator
Facebook
Instagram
Telegram
Profil
Chiqish
Янгиликни таҳрирлаш: Jarima maydonchasi axborot tizimi yaratiladi
Home
Янгиликлар
Jarima maydonchasi axborot tizimi yaratiladi
update
Сарлавҳа
Матн

Tizim orqali ushlangan, to‘xtash joylariga joylashtirilgan va olib chiqishga ruxsat berilgan transportlar ro‘yxati yuritiladi hamda barcha turdagi jarimalarni to‘lash mumkin bo‘ladi.

Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot

Hukumat qarori bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, 2024-yildan qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini saqlash xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar YHXXning Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ochiq tanlov asosida tanlab olinadi.

Ushlangan transportlarni to‘xtash joylariga olib kelish, joylashtirish, saqlash, hisobini yuritish va olib chiqib ketishga ruxsat berish jarayoni “Jarima maydonchasi” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Transportlarni to‘xtash joylariga olib kelish (tashish) hamda saqlash bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovlarning cheklangan miqdorlari joylardagi hokimliklar tomonidan belgilanadi.

Shu bilan birga, “Jarima maydonchasi” axborot tizimi orqali quyidagilar amalga oshiriladi:

ushlangan, to‘xtash joylariga joylashtirilgan va olib chiqishga ruxsat berilgan transportlar ro‘yxatini yuritish;

transportlarni to‘xtash joylaridan olib chiqish uchun barcha to‘lovlarni (jarima maydonchasi va huquqbuzarlik uchun jarimalar) amalga oshirish.

Mazkur axborot tizimi joriy yilning noyabrigacha ishlab chiqilishi belgilanmoqda.

Shuningdek, 2023-yilning 1-dekabrigacha YHXXning yagona axborot tizimi ushlangan transportlarni saqlash xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarni ochiq tanlov asosida onlayn tanlab olish imkoniyatini yaratish maqsadida takomillashtiriladi.

Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kirishi ta’kidlangan.

Mart oyida dronlardan yo‘llarda qoidabuzarlikni aniqlashda foydalanishni joriy etish bo‘yicha hukumat qarori loyihasi muhokamaga qo‘yilgandi.

Unda yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’lumotlarni o‘zida markazlashgan holda jamlovchi ma’muriy amaliyot moduli ishlab chiqilishi belgilangan.

Yangibozor tumani adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti O.Rajapov

Image 1
Image 2
Image 3
Image 4
Категория
Yangiliklar
Murojaat
Munosabat
Shovot yangiliklari
Сана
Тил
Lotincha
Krillcha
Статус
Active
DeActive
Сақлаш