T
Murojaat24.UZ
Toggle navigation
Тил
Krilcha
Lotincha
Administrator
Administrator
Facebook
Instagram
Telegram
Profil
Chiqish
Янгиликни таҳрирлаш: Mehnat shartnomasida belgilangan muddatlar
Home
Янгиликлар
Mehnat shartnomasida belgilangan muddatlar
update
Сарлавҳа
Матн

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksining 9-moddasiga asosan, jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida yoki mehnat shartnomasida belgilangan muddatlar kalendar sana bilan, yillar, oylar, haftalar, kunlar yoki soatlar bilan hisoblanadigan vaqt davrining tugashi bilan yoxud yuz berishi kerak bo‘lgan voqeani ko‘rsatgan holda aniqlanadi deb belgilangan.

Bunda xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasida ishning boshlanish va tugash sanasi aniq ko‘rsatiladi. Ish boshlanadigan kun-qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi va bu O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksining 9-moddasida yillar, oylar, haftalar bilan hisoblanadigan muddatlar muddatning so‘nggi yili, oyi, haftasining tegishli sanasida tugaydi. Agar oylar bilan hisoblanadigan muddatning oxiri muddatning o‘tishi boshlangan oyga nisbatan kunlari ko‘proq yoki kamroq bo‘lgan oyga to‘g‘ri kelsa, muddat tugaydigan oyning oxirgi kuni muddat tugaydigan kun deb hisoblanadi. Kalendar yillar, oylar, haftalar yoki kunlar bilan hisoblanadigan muddatga ishlanmaydigan kunlar ham qo‘shiladi.Agar muddatning so‘nggi kuni ishlanmaydigan kunga to‘g‘ri kelsa, undan keyin keladigan birinchi ish kuni muddat tugaydigan kun deb hisoblanishi belgilangan.

Tuproqqal’a tuman adliya bo`limi

Yuridik xizmat ko`rsatish markazi

Boshlig’i Iskandarov Xusin

Image 1
Image 2
Image 3
Image 4
Категория
Yangiliklar
Murojaat
Munosabat
Shovot yangiliklari
Сана
Тил
Lotincha
Krillcha
Статус
Active
DeActive
Сақлаш