T
Murojaat24.UZ
Toggle navigation
Тил
Krilcha
Lotincha
Administrator
Administrator
Facebook
Instagram
Telegram
Profil
Chiqish
Янгиликни таҳрирлаш: Har bir inson o‘z shaxsini erkin kamol toptirish huquqiga ega
Home
Янгиликлар
Har bir inson o‘z shaxsini erkin kamol toptirish huquqiga ega
update
Сарлавҳа
Матн

Rivojlanish, yaʼni kamol toptirish huquqi, keng qamrovli iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va siyosiy jarayon bo‘lib, shaxsning farovonligini doimiy ravishda oshirishni nazarda tutadi.

Asosiy qonunimizda “inson – jamiyat – davlat” tamoyili huquqiy jihatdan rasmiylashtirilishi natijasida davlat va jamiyatning siyosiy-huquqiy qiyofasi o‘zgarmoqda. Insonning haq-huquqlarini muhofaza qilish, uning baxt-saodatini taʼminlash davlat siyosatining asosiy mazmuni, barcha davlat organlari faoliyatining eng ustuvor maqsadiga aylanmoqda.

Shu bois, yangilangan Konstitutsiyamizning 21-moddasiga har bir inson o‘z shaxsini erkin kamol toptirish huquqiga ega, degan norma belgilandi.

Demokratik islohotlarning mezoni sifatida “Davlat inson uchun” tamoyili belgilanishi ushbu jarayonlarning lokomotivi, qolaversa, barcha boyliklar, neʼmatlarning bosh isteʼmolchisi inson ekanligini yana bir bor taʼkidlaydi. O‘z shaxsini erkin kamol toptirish huquqi inson salohiyatining yangi qirralarini namoyon qilish, barcha imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarishning bosh omili hisoblanadi. Shaxslarning maʼnaviy, intellektual, jismoniy

va ahloqiy jihatdan kamol topishiga ko‘maklashish esa har bir davlatning eng muhim vazifalaridan biridir.

BMTning 1986-yildagi Rivojlanishga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi Deklaratsiyada qayd etilganidek, inson rivojlanish jarayonining asosiy subyekti hisoblanadi.

Shu bilan birga, shuni yodda tutish kerakki, mazkur yangilik “o‘zboshimchalik”ni nazarda tutmaydi, chunki Konstitutsiyamizning 21-moddasi ikkinchi qismida insonning o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, jamiyat hamda davlatning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasligi kerakligi aniq ko‘rsatilgan.

O‘z shaxsini erkin kamol toptirish huquqi – bu insonning o‘z shaxsini erkin rivojlantirish, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday harakatni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lishidir.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida ham aynan “har bir inson qayerda bo‘lishidan qatʼi nazar, o‘zining huquq subyekti sifatida tan olinishiga haqli” degan qoida bejizga mustahkamlanmagan.

Yuridik jihatdan shaxsni erkin kamol toptirish huquqi uning huquqlarini qonunchilikda kafolatlash, so‘ngra ularni taʼminlash orqali amalga oshiriladi. O‘zbekiston qonunchiligi “inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi” degan oltin qoida bilan singdirilganligi erkin kamol toptirish huquqini amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlar mavjudligini anglatadi.

Tuproqqal’a tuman adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi Bosh yuriskonsulti Eshchanov Ixlosbek Ilhom o`g`li

Image 1
Image 2
Image 3
Image 4
Категория
Yangiliklar
Murojaat
Munosabat
Shovot yangiliklari
Сана
Тил
Lotincha
Krillcha
Статус
Active
DeActive
Сақлаш