T
Murojaat24.UZ
Toggle navigation
Тил
Krilcha
Lotincha
Administrator
Administrator
Facebook
Instagram
Telegram
Profil
Chiqish
Янгиликни таҳрирлаш: “Oʻsimliklarni himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilindi.
Home
Янгиликлар
“Oʻsimliklarni himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilindi.
update
Сарлавҳа
Матн

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 09.11.2023-yildagi “Oʻsimliklarni himoya qilish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-877-son Qonun imzolandi.

Ushbu hujjat bilan asosiy tushunchalarning ta’rifi kiritilmoqda:

biologik himoya vositalari - oʻsimliklarning va oʻsimlik mahsulotining zararli organizmlariga qarshi kurashish uchun qoʻllaniladigan foydali organizmlar yoki ularning yashash faoliyati mahsulotlari;

zararli organizmlar - oʻsimliklarning, hayvonlarning yoxud kasallik qoʻzgʻatuvchi agentlarning oʻsimliklarga yoki oʻsimlik mahsulotlariga zarar yetkazuvchi har qanday turi, xili yoki biotipi;

kimyolashtirish vositalari - oʻsimliklarning rivojlanishini, pishib yetilishini tezlashtirish, hosildorligini va sifatini oshirish, shuningdek tuproq unumdorligini yaxshilash uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar;

pestitsidlar - zararli organizmlarga qarshi kurashish uchun qoʻllaniladigan moddalar;

oʻsimliklarni himoya qilish - zararli organizmlarga qarshi kurashishga qaratilgan tadbirlar majmui va boshqalar.

Qonun bilan quyidagi organlarning oʻsimliklarni himoya qilish sohasidagi vakolatlari mustahkamlab qoʻyildi:

Vazirlar Mahkamasi;

Qishloq xoʻjaligi vazirligi;

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (maxsus vakolatli organ);

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi;

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi.

Hujjatga asosan oʻsimliklar karantini davlat inspektorlari oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning hududiga qonunchilikda belgilangan tartibda kirish;

oʻsimliklarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlarini bartaraf etish va ularning oldini olish boʻyicha ijro etilishi shart boʻlgan koʻrsatmalar kiritish;

zararli organizmlar rivojlanishi va tarqalishining oldini olish maqsadida fitosanitariya monitoringi hamda prognozini, shuningdek oʻsimliklarni himoya qilish boʻyicha tadbirlarning bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish va boshqalar.

Qonun quyidagilarni belgilaydi:

oʻsimliklarni himoya qilish sohasidagi davlat nazoratini amalga oshirish tartibi;

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning oʻsimliklarni himoya qilish sohasidagi huquq va majburiyatlari;

kimyolashtirish vositalarini va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini roʻyxatga olish tartibi.

Urganch tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish

markazi bosh yuriskonsulti B.R.Yusupov

Image 1
Image 2
Image 3
Image 4
Категория
Yangiliklar
Murojaat
Munosabat
Shovot yangiliklari
Сана
Тил
Lotincha
Krillcha
Статус
Active
DeActive
Сақлаш