T
Murojaat24.UZ
Toggle navigation
Тил
Krilcha
Lotincha
Administrator
Administrator
Facebook
Instagram
Telegram
Profil
Chiqish
Янгиликни таҳрирлаш: Sud va sudyalar mustaqilligini taʼminlashning konstitutsiyaviy kafolatlari
Home
Янгиликлар
Sud va sudyalar mustaqilligini taʼminlashning konstitutsiyaviy kafolatlari
update
Сарлавҳа
Матн

O‘zbekiston Konstitutsiyasiga sudlar va sudyalar mustaqilligini, sudyalar va ular oila aʼzolarining daxlsizligini taʼminlash, ularning vakolatlarini kengaytirish, moddiy va moliyaviy taʼminotini yaxshilashga oid bir qator yangi normalar kiritildi.

Zero, huquqiy demokratik davlatda sud va sudyalar amalda mustaqil bo‘lsagina qonuniylik taʼminlanadi, inson huquq va erkinliklari kafolatlanadi.

Konstitutsiyamizning 136-moddasiga ko‘ra, “Sudyani muayyan ishning muhokamasidan chetlashtirishga, uning vakolatlarini bekor qilishga yoki to‘xtatib turishga, boshqa lavozimga o‘tkazishga faqat qonunda belgilangan tartibda va asoslarga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi. Sudning qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi sudyani lavozimidan ozod etish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin emas”.

Konstitutsiyaga kiritilgan yangi normalarning mazmun-mohiyati va ahamiyati shundan iboratki:

birinchidan, sudyani muayyan ishning muhokamasidan chetlashtirishga, uning vakolatlarini bekor qilishga yoki to‘xtatib turishga faqatgina qonunda belgilangan tartib va asoslarga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi. Bu degani, sudya o‘zi olib borayotgan biron bir ishni ko‘rish davrida ushbu ishdan chetlashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Masalan, sudya yoki sudyalar tarkibi bir jinoyat ishini boshidan oxirigacha ko‘rib chiqib, hukm chiqarguniga qadar ushbu jinoyat ishini ko‘rib chiqish vakolati ulardan olib qo‘yilmaydi.

Ikkinchidan, sudyaning boshqa lavozimga o‘tkazishga faqatgina qonunda belgilangan tartib va asoslarga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi.

Uchinchidan, sudyani lavozimidan ozod etish uchun asos sifatida sudning qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi sabab bo‘la olmaydi.

Darhaqiqat mazkur normani kiritishga zaruriyat ham shundan iboratki, avvalo sudyalarning mustaqilligi va ularning daxlsizligi konstitutsiyaviy darajada mustahkamlanadi, sudyaning vakolatlari qonunda belgilangan tartibdan hamda asoslardan boshqacha tarzda tugatilishi yoki to‘xtatib turilishi mumkin emasligi kafolatlanadi.

Shuningdek, bunday qoidalar Ispaniya, Italiya, Xorvatiya, Portugaliya, Gretsiya konstitutsiyalarida xam o‘z ifodasini topgan.

Mazkur qoidaning Konstitutsiyada belgilanishi eng avvalo, sudyaning mustaqilligini, sudlarda ish ko‘rishda xolisligini taʼminlashga, xususan muayyan ishni boshidan oxirigacha turli aralashuv va tazyiqlarsiz bir sudya tomonidan ko‘rib chiqib, qaror qabul qilish imkoniyatini yaratadi.

Tuproqqal’a tuman adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi Bosh yuriskonsulti Eshchanov Ixlosbek Ilhom o`g`li

Image 1
Image 2
Image 3
Image 4
Категория
Yangiliklar
Murojaat
Munosabat
Shovot yangiliklari
Сана
Тил
Lotincha
Krillcha
Статус
Active
DeActive
Сақлаш