T
Murojaat24.UZ
Toggle navigation
Тил
Krilcha
Lotincha
Administrator
Administrator
Facebook
Instagram
Telegram
Profil
Chiqish
Янгиликни таҳрирлаш: Fuqarolarning taʼlim olish huquqi
Home
Янгиликлар
Fuqarolarning taʼlim olish huquqi
update
Сарлавҳа
Матн

Bilim insonni komillikka ko‘tarish bilan birga, u yashayotgan jamiyat va mamlakatni ham yuksaltiradi. Insonda bilim va intellekt sifatli taʼlim natijasida shakllanadi. Shu bois, davlat fuqarolarning taʼlimga oid huquqlarini amalga oshirishni o‘z zimmasiga oladi.

Konstitutsiyamizning 50-moddasida fuqarolarning taʼlim olish huquqi bilan bog‘liq quyidagi mazmundagi normalar mustahkamlangan:

birinchidan, Davlat maktabgacha taʼlim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi, degan norma belgilandi. Bunda davlat yangi bog‘chalarni qurish, mavjudlarini taʼmirlash, shu jumladan davlat, davlat-xususiy sherikchilik va xususiy bog‘chalarni ko‘paytirish, yangi bog‘chalarni tashkil etishga imtiyozlar va subsidiyalar berish, pirovardida bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olishni yuz foizga yetkazish choralarini ko‘radi;

ikkinchidan, umumiy o‘rta taʼlimning majburiyligi belgilandi. Bu degani maktab yoshidagi har qanday bola albatta maktabda o‘qishi shart hamda bunga to‘sqinlik qilishga hech kimning, hatto ota-onalarning haqqi yo‘q. Ushbu majburiyat taʼlim oluvchiga ham, taʼlim tashkilotiga ham birdek masʼuliyat yuklaydi;

uchinchidan, maktabgacha taʼlim va tarbiya, umumiy o‘rta taʼlim davlat nazoratidadir, degan norma o‘rnatilmoqda. Oldin faqatgina maktab ishlari davlat nazoratida edi, endilikda esa maktabgacha taʼlim ham davlat nazoratiga o‘tkazilmoqda. Natijada bog‘cha va maktablarda bolalarning xavfsizligi va salomatligi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, milliy

va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan tarbiya, taʼlimning yuqori sifati

va mazmundorligi taʼminlanadi;

ato‘rtinchidan, taʼlim tashkilotlarida alohida taʼlim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv taʼlim va tarbiya taʼminlanadi, degan insonparvar norma bilan to‘ldirilmoqda. Unga ko‘ra, jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun taʼlim tashkilotlarida inklyuziv taʼlim tashkil etiladi. Bu shunday nuqsonlarga ega bolalarimizning yakkalanib qolmasligi, jamiyatning to‘laqonli aʼzosi sifatida shakllanishi va kamol topishi uchun juda muhim;

beshinchidan, davlat uzluksiz taʼlim tizimining, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari rivojlanishini taʼminlaydi, deb mustahkamlandi. Bu esa maktabgacha taʼlim-tarbiyadan to oliy taʼlimgacha, hamda boshqa taʼlim turlarini shuningdek, taʼlimning kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy, oilada taʼlim olish, va mustaqil taʼlim olish, inklyuziv taʼlim va hokazo shakllarini tashkil etish va faoliyat yuritishiga imkoniyat yaratadi.

Taʼlimga oid qoidalar inson huquqlariga oid ko‘plab xalqaro hujjatlarda hamda Germaniya, Portugaliya, Bolgariya, Urugvay kabi davlatlarning konstitutsiyalarida ham belgilab qo‘yilgan.

Yuqoridagi normalarning Konstitutsiyamizga kiritilishi bog‘chalar va maktablar, oliy taʼlim tashkilotlari sonining ko‘payishiga, taʼlim va tarbiya sifatining oshishiga, pirovardida har bir shaxsning umri davomida taʼlimning barcha turlaridan foydalanish imkoniyatini yaratadi.

Tuproqqal’a tuman adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi boshlig‘i Iskandarov Xusin

Image 1
Image 2
Image 3
Image 4
Категория
Yangiliklar
Murojaat
Munosabat
Shovot yangiliklari
Сана
Тил
Lotincha
Krillcha
Статус
Active
DeActive
Сақлаш