T
Murojaat24.UZ
Toggle navigation
Тил
Krilcha
Lotincha
Administrator
Administrator
Facebook
Instagram
Telegram
Profil
Chiqish
Янгиликни таҳрирлаш: Fuqarolarning mehnat huquqlarini amalga oshirishning Konstitutsiyaviy kafolotlari
Home
Янгиликлар
Fuqarolarning mehnat huquqlarini amalga oshirishning Konstitutsiyaviy kafolotlari
update
Сарлавҳа
Матн

Fuqarolarning mehnat huquqlarini amalga oshirish, ularni ish bilan taʼminlash va ishsizlikdan himoyalash, munosib mehnat uchun munosib ish haqi bilan taʼminlash ijtimoiy davlatning asosiy shartlaridan biridir.

Shu bois, Asosiy qonunda har bir shaxsning asosiy mehnat huquqlarini kafolatlash ularni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.

Jumladan, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 42-moddasida mehnat huquqi va uni amalga oshirishga oid quyidagi normalar belgilandi:

birinchidan, har kim munosib mehnat qilish huquqiga ega, degan norma mustahkamlandi. Konstitutsiyaviy islohotlar doirasida fuqarolarning mehnat qilish huquqi yangicha qarash bilan boyitilib, “munosib” so‘zi bilan to‘ldirildi. Endilikda “munosib mehnat” deganda, adolatli ish haqi to‘lanadigan ish joylari, xavfsiz mehnat sharoitlari va ishonchli ijtimoiy himoya ko‘zda tutiladi. Bordi-yu ish joylarida ish haqi yetarli bo‘lsa-da, lekin mehnat sharoiti xavfsizligi taʼminlanmagan bo‘lsa, demak bunday ish joylarini munosib mehnat, deb bo‘lmaydi.

Ikkinchidan, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash huquqiga egaligi belgilandi. Xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlari deganda, xavfsizlik standartlari, sanitariya normalari va qoidalari, gigiyena normativlari talablari asosida ish joylarini tashkil etish tushuniladi. Bunday sharoit xodimlarni kasb kasalliklari, ishlab chiqarishdagi shikastlanishlar va insonlar o‘limini yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazishning oldini oladi.

Ushbu masalada Xalqaro Mehnat Tashkiloti Mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga ko‘maklashish asoslari to‘g‘risidagi Konvensiyasi (2006-yil) qabul qilingan bo‘lib, O‘zbekiston 2021-yilda ushbu hujjatni ratifikatsiya qilgan.

Uchinchidan, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish huquqiga ega, degan norma nazarda tutildi. Shu maqsadda har yili mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori va bazaviy hisoblash miqdori belgilanadi.

O‘xshash normalar Ispaniya, Italiya, Portugaliya, Chexiya, Ruminiya, Xitoy, Turkiya kabi davlatlar konstitutsiyalarida belgilangan.

Tuproqqal’a tuman adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi boshlig‘i Iskandarov Xusin

Image 1
Image 2
Image 3
Image 4
Категория
Yangiliklar
Murojaat
Munosabat
Shovot yangiliklari
Сана
Тил
Lotincha
Krillcha
Статус
Active
DeActive
Сақлаш