T
Murojaat24.UZ
Toggle navigation
Тил
Krilcha
Lotincha
Administrator
Administrator
Facebook
Instagram
Telegram
Profil
Chiqish
Янгиликни таҳрирлаш: Konstitutsiyada tadbirkorlik qilish erkinligining kafolatlari
Home
Янгиликлар
Konstitutsiyada tadbirkorlik qilish erkinligining kafolatlari
update
Сарлавҳа
Матн

Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, uni to‘sqinliksiz amalga oshirilishini taʼminlash hamda tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda.

Taʼkidlash lozimki, amaldagi Konstitutsiyada tadbirkorlik qilish erkinligi kafolatlanadi, degan norma bilan cheklanib, tadbirkorlarni to‘laqonli faoliyati uchun hayot-mamot ahamiyatga ega bo‘lgan huquqlariga doir maxsus normaning belgilanganmaganligi huquqiy tizim uchun “bo‘shliq” hisoblanardi.

Konstitutsiyamizning 67-moddasida “Tadbirkorlar qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga va o‘z faoliyatining yo‘nalishini mustaqil ravishda tanlashga haqli” degan mazmundagi tom maʼnoda asossoluvchi normaning kiritilishi orqali mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatining konstitutsiyaviy kafolatlari mustahkamlandi.

Xo‘sh, tadbirkorlik faoliyatini samarali yuritishda mazkur norma qanday ahamiyat kasb etadi?

Birinchidan, tadbirkorlarni qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga haqli ekanligini belgilanishi, daromad olish asosiy maqsadi bo‘lgan tadbirkorlar uchun iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarida faoliyat yuritish huquqini konstitutsiyaviy kafolatlaydi. Darhaqiqat, kapital qayerda daromad olish imkoniyati bo‘lsa, shu tarafga qarab hech qanday to‘siqlarsiz harakatlanishi shart. Bu bozor iqtisodiyotining oltin qoidalari sirasiga kiradi. Bunda, muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish bo‘yicha qonun hujjatlarida taʼqiq qo‘yilmaganligi talab etiladi.

Ikkinchidan, o‘z faoliyat yo‘nalishini mustaqil ravishda tanlash huquqi tadbirkorlarga o‘z biznes strategiyalarini boshqa shaxslarni, davlat organi va uni mansabdor shaxslarini o‘zboshimchalik bilan aralashuvisiz o‘z xohishi va manfaatlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqish va amalga oshirish imkoniyatini beradi.

Taʼkidlash lozimki, Xorvatiya, Estoniya, Polsha kabi mamlakatlar konstitutsiyalarida ham shunday mazmundagi normalar mavjud.

Konstitutsiyada kiritilgan mazkur qo‘shimchalar erkin bozor iqtisodiyotini eng muhim talabini o‘zida ifoda etib, davlatni tadbirkorlik faoliyatini samarali tashkil etishga doir asosiy yondashuvini belgilaydi hamda “qonunda taqiqlanmagan har qanday faoliyatga ruxsat beriladi” prinsipi asosida tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni asosiy mezonlarini konstitutsiyaviy darajada mustahkamlaydi.

Tuproqqal’a tuman adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi boshlig‘i Iskandarov Xusin

Image 1
Image 2
Image 3
Image 4
Категория
Yangiliklar
Murojaat
Munosabat
Shovot yangiliklari
Сана
Тил
Lotincha
Krillcha
Статус
Active
DeActive
Сақлаш