Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 1000 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/kVeRsftXiQ |
| Сарлавҳа | Umumiy o‘rta taʼlim olishning konstitutsiyaviy kafolatlari |
| Матн | Mamlakatimizdagi taʼlim turlari tizimida umumiy o‘rta taʼlim markaziy o‘rinni egallaydi. Maktab har bir insonning barkamol va bilimli shaxs bo‘lib voyaga yetishida muhim ahamiyatga ega. Yangilangan Konstitutsiyamizning 50-moddasida davlat bepul umumiy o‘rta taʼlim olishni kafolatlashi bilan birgalikda umumiy o‘rta taʼlim majburiy ekanligi haqida norma belgilandi. Mazkur yangi normaning ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi: birinchidan, intellektual avlod asri bo‘lgan XXI asrda ilm-maʼrifatsiz har qanday jamiyat, iqtisodiyot barqaror rivojlana olmaydi. Shu sababli, har bir insonning taʼlim olish huquqini taʼminlash oila, jamiyat va davlatga muayyan majburiyatlarni yuklaydi; ikkinchidan, O‘zbekiston tomonidan imzolangan ko‘plab xalqaro hujjatlarda umumiy o‘rta taʼlim majburiy ekanligi belgilangan. Xususan, Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining 26-moddasida boshlang‘ich taʼlim majburiy bo‘lishi belgilangan. Zero, umumiy o‘rta taʼlimning majburiyligini belgilash orqali aholining savodlilik darajasini yuksaltirish jahonda tan olingan usuldir; uchinchidan, maktabda o‘qishning majburiy ekanligini bajarmaganlik uchun qonunchiligimizda ota-onalar uchun javobgarlik belgilangan. Xususan, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasida bolalarni tarbiyalash va taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaganlik uchun ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar uchun maʼmuriy javobgarlik nazarda tutilgan. Bu voyaga yetmaganlarning o‘z vaqtida va sifatli taʼlim olishlarini, ota-onalarning taʼlimga oid majburiyatini taʼminlashga qaratilgandir. Shuningdek, taʼlim oluvchilar, ularning ota-onalari va yaqinlarining masʼuliyatini oshirish bilan birga, ertamiz egalari bo‘lgan yoshlarning maktabda puxta bilim olib, hayotda o‘z o‘rnini topib el-yurt koriga yaraydigan munosib farzand bo‘lib yetishishi uchun muhim huquqiy kafolat bo‘lib hisoblanadi.
Tuproqqal’a tuman adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi Bosh yuriskonsulti Urazbayev Tursunboy
|
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2023-11-16 |
| Кўриш | 885 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |