Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 1076 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/xO3ExDxG76 |
| Сарлавҳа | Qaysi toifadagi shaxslarga ishga qabul qilinayotgan vaqtida dastlabki sinov belgilanmaydi? |
| Матн | Qonunchilikka ko‘ra, quyidagilar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi: (https://lex.uz/docs/6257288#6260620)homilador ayol, 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayol yoki 3 yoshga to‘lmagan bolani yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ota (vasiy); zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish uchun yuborilgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan bo‘lgan shaxslar; davlat grantlari asosida o‘qigan va oliy ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran 3 oy ichida yo‘llanma bo‘yicha olingan mutaxassisligiga doir ishga kirayotgan oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari; tegishli ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran 1 yil ichida birinchi bor ishga kirayotganda olingan mutaxassisligi bo‘yicha mustaqil ravishda ishga joylashayotgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari; o‘zi bilan 6 oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilayotgan xodimlar; 18 yoshga to‘lmagan shaxslar; ishga qaytadan qabul qilingan taqdirda ish beruvchi ilgari qaysi xodimlar bilan mehnat shartnomasini alohida asoslar bo‘yicha bekor qilgan bo‘lsa, o‘sha shaxslar; ishlab chiqarishda o‘qitish shartnomasi bo‘yicha ushbu ish beruvchida o‘qishni o‘tagan o‘quvchilar; jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida va ish beruvchining ichki hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xodimlar.
Gurlan tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i Raxmatillayev Eragash Kadambayevich
|
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2023-11-20 |
| Кўриш | 212 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |