Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 1108 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/E1s8bnx1Ad |
| Сарлавҳа | Soliqqa doir amaliyotda yangilanish: hisobotlarni avtomatik tarzda shakllantirish va sotish cheklarini tuzatish uchun uzaytirilgan muddatlar |
| Матн | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 18.10.2023 yildagi «Soliq organlari tomonidan ayrim soliq hisobotlarini shakllantirish tartibi joriy etilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi 548-son qarori qabul qilindi. Tushuntirishlarni buxgalter.uz mutaхassislari tayyorlashdi. Soliq hisobotlarini avtomatik tarzda shakllantirish: asosiy jihatlar 2024 yil 1 yanvardan boshlab soliq toʻlovchi QQS, aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaхslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlari boʻyicha soliq hisobotlarini avtomatik ravishda shakllantirishni tanlashi mumkin boʻladi. Soliq toʻlovchilar sotish cheklarini tuzatish uchun koʻproq vaqtga ega boʻlishdi Onlayn-NKTning sotish cheklarida yoʻl qoʻyilgan teхnik хatolarni tuzatish mumkin boʻlgan muddat oʻzgartirildi. U 10 kunga – sotish cheki shakllantirilgan oy uchun QQS yoki aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha soliq hisobotini topshirish sanasiga qadar uzaytirildi. Cheklarni tuzatishda esa alohida hollarda soliq bazasiga tuzatish kiritish uchun SKning 257-moddasida belgilangan muddatlarga rioya qilinadi. Tuproqqal’a tuman adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi boshlig‘I Iskandarov Xusin |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2023-11-20 |
| Кўриш | 825 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |