#So‘ragan_edingiz

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД1120
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/XyiiDnwFdK
Сарлавҳа#So‘ragan_edingiz
Матн

Savol: Bir haftaga oilaviy dam olishga ketmoqchiman. O‘sha kunlari farzandim bog‘chaga bormaydi. Bog‘chaga borilmagan kun uchun pul to‘lashim shartmi?

Javob: Ota-onalardan birining ishdan (o‘qishdan) bo‘sh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga ko‘ra bola bog‘chaga kelmagan hollarda joriy oy uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lov miqdori u kelmagan kunlar uchun hisoblangan to‘lov summasiga kamaytiriladi.

To‘lovni kamaytirish uchun ota-onalardan biri sababi ko‘rsatilgan holda maktabgacha ta’lim muassasasi rahbariyati nomiga oldindan ariza (bildirishnoma) yozishi shart.

Bunda bolaninng bir yilda ko‘pi bilan 60 kundan ortiq bo‘lmagan muddatgacha maktabgacha ta’lim muassasasiga kelmasligiga ruxsat beriladi.

Demak, maktabgacha ta’lim muassasasi oldindan yozma ogohlantirilgan bo‘lsa, bola bog‘chaga bormagan kunlar uchun pul to‘lanmaydi.

Urganch tuman adliya bolimi

yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti                        J. Abdukarimov

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2023-11-21
Кўриш963
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive