Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 1129 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/L3OuwOWvEV |
| Сарлавҳа | Bilasizmi |
| Матн | Nutqida, eshitish va koʻrishida ogʻir nuqsonlari bor bolalar uchun bogʻcha puli toʻlanmaydi. Quyidagi kasalliklar mavjud bolalar uchun bogʻchalarda ota-onalar toʻlovi undirilmaydi: 1 nutqidagi ogʻir nuqsonlar (rinolaliya, duduqlik, bolalar afaziyasi); 2 eshitishdagi ogʻir nuqsonlar (II — IV darajali neyrosensor eshitish pastligi va karlik); 3 koʻrishdagi ogʻir nuqsonlar (koʻzi ojizlik (amovroz); tugʻma nuqsonlar (mikroftalm, mikrokornea, anoftalm, toʻr pardaning rivojlanishidagi tugʻma nuqsonlar; koʻrish nervining atrofiyasi, koʻrish nervi disk va makulasining ogʻir darajadagi gipoplaziyasi, albinizm, aniridiya, koʻrish oʻtkirligi 0,4 gacha); katarakta (markaziy zonada toʻliq yoki qisman xiralashish, koʻrish oʻtkirligi 0,4 gacha), afakiya (koʻz gavxari yoʻqligi, koʻrish oʻtkirligi 0,4 gacha), koʻz gavxari siljishi (joy oʻzgarishi); glaukoma (tugʻma, ikkilamchi); toʻr pardaning koʻchishi); 4 tayanch-harakat apparati buzilishi (III va IV darajali skolioz; koʻkrak qafasining III va IV darajali girdobsimon yoki kilsimon deformatsiyasi; artrogripoz; bolalar serebral falaji va boshqa nevrologik patologiyalar oqibatida ortopedik deformatsiyalari; osteomiyelit asoratlari; toʻgʻma maymoqliq (jarrohlik muolajasidan keyingi holat); ortopedik sistem kasalliklari (axondroplaziya, disxondroplaziya, xondrodistrofiya); toʻgʻma son suyak chiqishi (operativ davolashdan keyigi holat); 5 psixik rivojlanishdagi nuqsonlar (psixik rivojlanishda kechikish, psixik-nutqiy rivojlanishda kechikish, bolalar autizmi); 6 aqliy rivojlanishdagi nuqsonlar (yengil va oʻrta darajadagi aqliy zaiflik); 7 murakkab nuqsonlar (rivojlanishda ikki va undan ortiq nuqsonlar mavjudligi).
Urganch tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti S.Berdiqilichov
|
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2023-11-21 |
| Кўриш | 313 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |