Kimlar tibbiyot muassasalarida ovqatlanish to'lovidan ozod qilinadi?

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД1185
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/hE2Su3sMrw
СарлавҳаKimlar tibbiyot muassasalarida ovqatlanish to'lovidan ozod qilinadi?
Матн

Quyidagi shaxslar (https://lex.uz/docs/2898879#2899183) tibbiyot muassasalarida ovqatlanish to'lovidan ozod qilinadi:

  • I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar.

 

  • Bolalikdan nogironligi bo'lgan shaxslar.

 

  • 1941–1945 yillardagi urush oqibatida nogironligi bo'lgan shaxslar va urush qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar.

 

  • Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini bartaraf etishda qatnashish natijasida nogironligi bo'lgan shaxslar.

 

  • 1941–1945 yillardagi urush yillari mehnat fronti qatnashchilari.

 

  • Baynalmilalchi jangchilar.

 

  • G'irt yetimlar.

 

  • Vakolatli organlarda hisobda turuvchi yolg'iz pensionerlar.

 

  • 18 yoshgacha bo'lgan bolalar, shuningdek o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari o'quvchilari.

 

  • Chaqiriq komissiyalari xulosalariga ko'ra mudofaa ishlari bo'limlarining yo'llanmalari bo'yicha 18 yoshdan 27 yoshgacha bo'lgan chaqiriq yoshidagilar.

 

  • "O'zbekiston Respublikasi faxriy donori" ko'krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar.

 

  • ️ 1 yoshgacha bolasi bo'lgan emizikli onalar.

 

  • Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalarga qarovchi shaxslar (ota-ona va boshqalar).

 

 

Qo`shko`pir tumani adliya bo`limi

Yuridik xizmat ko`rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti R.Timofeyeva

 

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2023-11-24
Кўриш991
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive