Bolani xorijiy davlatdagi taʼlim muassasasiga oʻtkazish tuman (shahar) komissiyasining roziligi bilan amalga oshiriladi.

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД1241
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/Rr4qISyLgA
СарлавҳаBolani xorijiy davlatdagi taʼlim muassasasiga oʻtkazish tuman (shahar) komissiyasining roziligi bilan amalga oshiriladi.
Матн

Prezidentning (2021-yil 9-avgustdagi PF-6275-son) Farmonining muvofiq Bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) komissiyalari tashkil etilgan.

 

Vazirlar Mahkamasining 363- sonli qarori  (https://lex.uz/uz/docs/-6098369)bilan tasdiqlangan Bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) komissiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizom (https://lex.uz/uz/docs/6098369#-6098784)ning 3-bobi 45-bandiga koʻra bolani xorijiy davlatdagi taʼlim muassasasiga oʻtkazish munosabati bilan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasasidan chiqarish faqat taʼlim muassasasi joylashgan tuman (shahar) komissiyasining roziligi bilan amalga oshiriladi.

 

Agar farzandini xorijda oʻqishini xohlovchi ota-ona, bolani xorijga dam olishga olib ketayotganligini koʻrsatib, taʼlim muassasasi joylashgan tuman (shahar) komissiyasining roziligini olmaslik holati kuzatilsa, vazirlikning 2022-yil 30-noyabrdagi 06-06/3-2155-sonli xatida asosan oʻquvchining qayerdaligi haqida 3 kun muddat ichida aniqlik kiritib tuman (shahar) komissiyasiga yozma xabar berilishi lozim.

 

 

Yangibozor tumani adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish

markazi bosh yuriskonsulti                                                                  D.Otabayev

 

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2023-11-24
Кўриш179
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive