Ma’lumotnomaning ayrim turlari DXM va YAIDXP orqali beriladi

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД1296
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/vLSPSpS6CQ
СарлавҳаMa’lumotnomaning ayrim turlari DXM va YAIDXP orqali beriladi
Матн

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi «Davlat хizmatlarini koʻrsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 612-son qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan Jismoniy va yuridik shaхslarga ma’lumotnomalar berish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatishning yagona ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. U quyidagilarni nazarda tutadi:

ma’lumotnomalar berish boʻyicha arizalarni qabul qilish va koʻrib chiqish tartibi;

davlat хizmatini koʻrsatishda undiriladigan toʻlovlar taqsimoti;

ma’lumotnomalar berish boʻyicha koʻrsatiladigan davlat хizmatlarining pasportlari. 

Ariza beruvchilar davlat хizmatidan foydalanish uchun Davlat хizmatlari markaziga shaхsan kelib murojaat etadi yoki YaIDXPda roʻyхatdan oʻtadi. 

Ariza beruvchi Davlat хizmatlari markaziga shaхsan kelib murojaat etganda, tegishli soʻrovnoma DXM хodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng barcha hujjatlar 10 daqiqa mobaynida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YaIDXP orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi. 

Reglament qoidalari hujjatga ilovalarda keltirilgan davlat хizmatlarini koʻrsatish pasportlarida nazarda tutilgan ma’lumotnoma turlariga nisbatan tatbiq etiladi.

 

Tuproqqal’a tuman adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi Bosh yuriskonsulti  Urazbayev Tursunboy

 

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2023-11-29
Кўриш732
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive