Avtomobilni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirish bo'yicha davlat xizmati ko'rsatiladi

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД1307
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/V5WwqTH5iw
СарлавҳаAvtomobilni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirish bo'yicha davlat xizmati ko'rsatiladi
Матн

Hukumat qarori (613-son, 20.11.2023 y.) bilan “Avtomototransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirish bo'yicha davlat xizmatini ko'rsatishning ma'muriy reglamenti” tasdiqlandi

 

 Unga ko'ra, avtomototransport vositasiga ishonchnoma ariza beruvchi tomonidan YIDXP (my.gov.uz)dan foydalangan holda, o'zining va ishonchnoma berilayotgan shaxs(lar)ning biometrik pasporti yoki identifikasiyalovchi ID-kartasi hamda jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami ma'lumotlarini kiritish orqali mustaqil ravishda rasmiylashtiriladi.

 

 Davlat xizmati “Notarius” AATdan foydalangan holda YAIDXP (my.gov.uz) orqali ko'rsatiladi.

 

 Ishonchnoma ariza beruvchining xohishiga ko'ra 1 oy, 6 oy va 3 yil muddatgacha beriladi.

 

Ariza beruvchi so'rovnomada ko'rsatilgan avtomototransport vositasining mulkdori bo'lmasa, ishonchnoma rasmiylashtirilmaydi.

 

Qo`shko`pir tumani adliya bo`limi

Yuridik xizmat ko`rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti T.Rajabov

 

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2023-12-04
Кўриш874
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive