Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 1336 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/3udMIRAvG5 |
| Сарлавҳа | Bilasizmi |
| Матн |
Kimlar tibbiyot muassasalarida ovqatlanish to'lovidan ozod qilinadi? Quyidagi shaxslar tibbiyot muassasalarida ovqatlanish to'lovidan ozod qilinadi: ▫️I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar. ▫️Bolalikdan nogironligi bo'lgan shaxslar. ▫️1941–1945 yillardagi urush oqibatida nogironligi bo'lgan shaxslar va urush qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar. ▫️Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini bartaraf etishda qatnashish natijasida nogironligi bo'lgan shaxslar ▫️1941–1945 yillardagi urush yillari mehnat fronti qatnashchilari. ▫️Baynalmilalchi jangchilar. ▫️G'irt yetimlar. ▫️Vakolatli organlarda hisobda turuvchi yolg'iz pensionerlar. ▫️18 yoshgacha bo'lgan bolalar, shuningdek o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari o'quvchilari. ▫️Chaqiriq komissiyalari xulosalariga ko'ra mudofaa ishlari bo'limlarining yo'llanmalari bo'yicha 18 yoshdan 27 yoshgacha bo'lgan chaqiriq yoshidagilar. ▫️"O'zbekiston Respublikasi faxriy donori" ko'krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar. ▫️ 1 yoshgacha bolasi bo'lgan emizikli onalar. ▫️Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalarga qarovchi shaxslar (ota-ona va boshqalar). Xiva tuman yuridik xizmat ko`rastish markazi bosh yuriskonsulti A.Xasanov |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2023-12-06 |
| Кўриш | 591 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |