Kam ta’minlangan oilalarga yordam koʻrsatish tartibi soddalashtirildi

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД1353
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/liRR9Y259c
СарлавҳаKam ta’minlangan oilalarga yordam koʻrsatish tartibi soddalashtirildi
Матн

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.10.2023 yildagi 547-son qarori bilan Hukumatning ayrim hujjatlariga ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti ogʻir oilalarni qoʻllab-quvvatlash tizimini soddalashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 Hujjat «Temir daftar»ga kiritilgan ijtimoiy ahvoli ogʻir oilalarning muammolarini tizimli ravishda tezkor hal etish boʻyicha samarali chora-tadbirlarni belgilash zarurati munosabati bilan qabul qilindi.

 Xususan, «Temir daftar»ni yuritish orqali ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti ogʻir oilalar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vaqtinchalik tartib (28.04.2021 yildagi 250-son VMQ bilan tasdiqlangan) quyidagi bilan toʻldirilmoqda:

хalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining sessiyalari oraligʻidagi davrda kechiktirib boʻlmaydigan hollarda, zudlik bilan yordam koʻrsatish zaruriyati yuzaga kelganda – «Temir daftar»ga kiritilgan oilalarga bir martalik moddiy yordam bir ish kunida tuman (shahar) hokimlari qarorlari bilan beriladi.

 

Xonqa tumani adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

boshlig‘i A.Boltyaev

 

 

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2023-12-07
Кўриш326
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive