Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 1377 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/tJE7aJC5QS |
| Сарлавҳа | Qonunchilikdagi yangiliklar Kichik va o'rta biznesni moliyaviy qo'llab-quvvatlash tizimi takomillashtiriladi "Kichik va o'rta biznesni moliyaviy qo'llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Prezident Farmoni (PF-193-son, 1 |
| Матн | Farmonga ko'ra, "Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi" aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil qilinadi.Kompaniya tomonidan 2024-yil 1-martdan tadbirkorlarga quyidagi qo'llab-quvvatlash choralari taqdim etiladi: o'rta tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish loyihalariga: loyiha qiymatining 15 foizi, biroq ustav kapitalining 20 foizi yoki 3 milliard so'mdan ortiq bo'lmagan miqdorda tashabbuskorning ustav kapitaliga ko'chmas mulk obyektlari, asbob-uskunalar va boshqa ko'rinishdagi aktivlar shaklida ulush kiritish; ko'chmas mulk va asbob-uskunalarning 70 foizi, biroq 10 milliard so'mdan ortiq bo'lmagan miqdorda mulk sotib olish va yetti yilgacha muddatga qarzdorlik qoldig'iga Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada yillik foiz hisoblash yoki bo'lib-bo'lib to'lash sharti bilan xizmatlar ipotekasi asosida tashabbuskorga berish; kichik va o'rta tadbirkorlik subyektlarining loyihalariga: kredit (lizing) ajratish uchun tijorat banklari, mikromoliya va lizing tashkilotlariga milliy va xorijiy valyutada moliyaviy resurslarni joylashtirish; tijorat banklari, mikromoliya va lizing tashkilotlari tomonidan milliy va xorijiy valyutada ajratiladigan kredit, lizing, bank kafolati va akkreditivlarga umumiy qiymati 5 milliard so'mdan oshmagan miqdorda kafillik taqdim etish; Kompaniya mablag'laridan foydalanish bo'yicha tijorat banklari bilan tuziladigan vositachilik shartnomalariga asosan belgilangan limit hamda umumiy miqdor va shartlar doirasida kreditlar bo'yicha kafillik (portfel kafilligi) taqdim etish; 2024-2026-yillarda kichik tadbirkorlik subyektlariga Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori va asosiy stavkaning 1,75 baravaridan oshmagan stavkada milliy valyutada 5 milliard so'mgacha ajratiladigan kreditlar bo'yicha asosiy stavkaning 40 foizigacha miqdorda uch yildan ortiq bo'lmagan muddatga kompensasiya taqdim etish.
Xonqa tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i A.Boltyaev
|
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2023-12-07 |
| Кўриш | 295 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |