Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 1411 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/tuUqaznGcF |
| Сарлавҳа | “Ichimlik suv ta'minoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–343-son, 24.10.2023-y.) qabul qilindi |
| Матн | Qarorga ko'ra, “O'zsuvta'minot” AJ va uning tarkibidagi korxonalar negizida 2024-yil 1-aprelgacha alohida yo'nalishlar bo'yicha quyidagi aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etiladi: hududiy magistral suv ta'minoti tashkilotlari; Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hududiy ichimlik suv ta'minoti tashkilotlari. 2024-yil 1-yanvardan: ichimlik suv va oqova suvni chiqarib yuborish narxlari mahsulot tannarxiga kiritilgan xarajatlar, tizimni rivojlantirish, moliyaviy xarajatlar, soliqlar va majburiy to'lovlardan kelib chiqib shakllantiriladi; yangi quriladigan ichimlik va oqova suv yo'nalishidagi obyektlar va tizimlarni loyihalashtirishda mazkur hududning to'liq qamrov darajasini inobatga olish talabi o'rnatiladi. Qarorga ko'ra, 2024–2026-yillarda: ▫️ichimlik suv ta'minoti og'ir bo'lgan jami 813 ta mahalla ichimlik suv bilan ta'minlanadi; ▫️124 693 ta xonadonga ichimlik suv tarmoqlari uy xo'jaligigacha yetkaziladi; ▫️130 ta aholi yashash punktlarida davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish orqali ichimlik suv ta'minoti yo'lga qo'yiladi; ▫️792 090 nafar iste'molchilar ichimlik suv uchun hisoblagichlar bilan ta'minlanadi. 2024-yil 1-iyuldan tajriba tariqasida Kogon, Shirin, Yangiyer, Bekobod va Yangiyo'l shaharlarida ichimlik va oqova suv ta'minoti davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sektorga beriladi.
Xonqa tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i A.Boltyaev
|
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2023-12-07 |
| Кўриш | 438 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |