Pensiyaga qo'shiladigan ustama haqlardan xabardormisiz?

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД1420
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/veI1B8zeQb
СарлавҳаPensiyaga qo'shiladigan ustama haqlardan xabardormisiz?
Матн

Qonunchilikka qo'ra, belgilangan tartibda hisoblab chiqarilgan pensiyalarga ustama haqlar quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

  •  I guruh urush nogironlariga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 150 foizi;
  •  II guruh urush nogironlariga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 125 foizi;
  •  ko'zi ojizlik bo'yicha I guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizi;
  • I guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 75 foizi;
  •  II guruh yolg'iz nogironligi bo'lgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 75 foizi;
  • urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 50 foizi;
  • 1941 — 1945-yillardagi urush davrida mamlakat ichkarisida ishlagan va harbiy majburiyatni bajargan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining — 30 foizi;
  • vafoti harbiy xizmat yoki ichki ishlar organlaridagi, Milliy gvardiyadagi xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog'liq bo'lgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya xodimlarining ota-onalariga va yangi nikohdan o'tmagan beva xotinlariga (beva erlariga) — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 30 foizi.

 O'zbekiston oldida alohida xizmatlari bo'lgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizidan 150 foizigacha.

 yoshidan qat'i nazar imtiyozli pensiyaga chiqish huquqiga ega bo'lgan artistlarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 75 foizi;

 teatr-konsert tashkilotlari artistlari va badiiy xodimlariga, teatr va musiqa san'ati ijodiy xodimlari tayyorlovchi o'quv muassasalarining professor-o'qituvchilari va konsertmeysterlariga, Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan ro'yxatga ko'ra — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining — 50 foizi.

Ma'lumot uchun: hozirda pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 347 000 so'mni tashkil etadi.

 

Xonqa tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

boshlig‘i A.Boltyaev

 

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2023-12-07
Кўриш751
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive