Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 1427 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/xImfvCCx6n |
| Сарлавҳа | Pensiyaga qо‘shiladigan ustama haqlardan xabardormisiz? |
| Матн | Qonunchilikka qо‘ra, belgilangan tartibda hisoblab chiqarilgan pensiyalarga ustama haqlar quyidagi miqdorlarda belgilanadi: I guruh urush nogironlariga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 150 foizi; II guruh urush nogironlariga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 125 foizi; kо‘zi ojizlik bо‘yicha I guruh nogironligi bо‘lgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizi; I guruh nogironligi bо‘lgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 75 foizi; II guruh yolg‘iz nogironligi bо‘lgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 75 foizi; urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 50 foizi; 1941 — 1945-yillardagi urush davrida mamlakat ichkarisida ishlagan va harbiy majburiyatni bajargan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining — 30 foizi; vafoti harbiy xizmat yoki ichki ishlar organlaridagi, Milliy gvardiyadagi xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq bо‘lgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya xodimlarining ota-onalariga va yangi nikohdan о‘tmagan beva xotinlariga (beva erlariga) — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 30 foizi. О‘zbekiston oldida alohida xizmatlari bо‘lgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizidan 150 foizigacha. yoshidan qat’i nazar imtiyozli pensiyaga chiqish huquqiga ega bо‘lgan artistlarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 75 foizi; teatr-konsert tashkilotlari artistlari va badiiy xodimlariga, teatr va musiqa san’ati ijodiy xodimlari tayyorlovchi о‘quv muassasalarining professor-о‘qituvchilari va konsertmeysterlariga, Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan rо‘yxatga kо‘ra — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining — 50 foizi.
Xonqa tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i A.Boltyaev
|
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2023-12-07 |
| Кўриш | 422 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |