TO'LOV TIZIMI OPERATORLARI VA TO'LOV TASHKILOTLARI USTAV KAPITALI MIQDORI OSHIRILADI

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД1445
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/DVkHZspHeT
СарлавҳаTO'LOV TIZIMI OPERATORLARI VA TO'LOV TASHKILOTLARI USTAV KAPITALI MIQDORI OSHIRILADI
Матн

“Raqamli mahsulotlar (xizmatlar) iste'molchilari huquqlarini himoya qilish va raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashishni kuchaytirish choralari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–381-son, 30.11.2023-y.) qabul qilindi

 Qarorga ko'ra, 2024-yil 1-iyuldan to'lov tizimi operatorlari va to'lov tashkilotlari faqat aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilishi va faoliyat ko'rsatishi mumkin bo'ladi.

 To'lov tizimi operatorlari va to'lov tashkilotlari ustav kapitalining eng kam miqdori:

▫️2024-yil 1-iyuldan – to'lov tizimi operatorlari uchun 50 mlrd so'mni, to'lov tashkilotlari uchun 10 mlrd so'mni;

▫️2025-yil 1-iyuldan – to'lov tashkilotlari uchun 20 mlrd so'mni tashkil etadi.

 “Milliy banklararo prosessing markazi” MCHJ ustav kapitalidagi davlat ulushi to'liq Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o'tkaziladi.

 Elektron tijoratni tartibga solish va rivojlantirish hamda lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyatini tartibga solish funksiyalari Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga o'tkaziladi.

 

RASULBEK IBRAGIMOV

Xorazm viloyat adliya boshqarmasi

Bosh maslahatchisi

 

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2023-12-11
Кўриш778
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive