Jamoa shartnomasi haqida davlat xizmatchilari bilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlar

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД1459
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/8ZcACd3wzh
СарлавҳаJamoa shartnomasi haqida davlat xizmatchilari bilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlar
Матн

Jamoa shartnomasi tashkilotda yoki yakka tartibdagi tadbirkorda yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi hamda xodimlar tomonidan o‘z vakillari orqali va ish beruvchi tomonidan tuziladigan mehnat to‘g‘risidagi huquqiy hujjatdir.

 

Jamoa shartnomasi umuman tashkilotda, uning alohida bo‘linmalarida tuzilishi mumkin.

 

Tashkilotning alohida bo‘linmasida jamoaviy muzokaralarni o‘tkazish, jamoa shartnomasini imzolash chog‘ida xodimlar manfaatlarini ifoda etish huquqi ushbu bo‘linma xodimlarining vakillariga beriladi.

 

Jamoa shartnomasi yozma shaklda tuziladi.

 

Jamoa shartnomasi, agar mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishida (konferensiyasida) hozir bo‘lganlarning ellik foizidan ko‘prog‘i uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, ma’qullangan hisoblanadi.

 

 

Gurlan tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i E.Raxmatillaev

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2023-12-11
Кўриш145
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive