Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 1495 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/29ktslV3IH |
| Сарлавҳа | Davlat dasturlari doirasida kredit ajratishning barcha bosqichlari elektron platformalarda amalga oshiriladi |
| Матн | “Aholini kichik va o'rta biznesga keng jalb qilishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–366-son, 15.11.2023-y.) qabul qilindi Qarorga ko'ra, 2024–2026-yillarda: “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan: ▫️kichik tadbirkorlarga ajratiladigan kredit qoldig'i 1,7 baravarga oshirilib, ularning kredit portfelidagi ulushi 28 foizdan 43 foizga yetkaziladi; ▫️kichik biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun 800 million AQSH dollarigacha resurs jalb qilinadi; ▫️300 million AQSH dollari miqdorida obligatsiya (yevrobond)lar xalqaro kapital bozorlarida muomalaga chiqariladi; ▫️150 mingta kichik tadbirkorlar faoliyati yo'lga qo'yiladi; “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan: kichik va o'rta tadbirkorlarga ko'rsatiladigan moliyaviy xizmatlar hajmi 8 trillion so'mdan 14 trillion so'mga yetkaziladi; 150 ta o'rta biznes korxonasiga ulush kiritiladi va xizmatlar ipotekasi asosida 300 ta loyiha tadbirkorlarga sotiladi; o'rta tadbirkorlar soni 2,5 baravarga oshiriladi; 300 million AQSH dollari miqdorida obligatsiya (yevrobond)lar xalqaro kapital bozorlarida muomalaga chiqariladi. 2023-yil 15-dekabrgacha hududlar va davlat dasturlari yo'nalishlari kesimida 2024-yilda 2 million aholini biznesga jalb qilishning maqsadli ko'rsatkichlari tasdiqlanadi. 2024-yil 1-iyuldan davlat dasturlari doirasida ajratilayotgan kreditlardan samarali foydalanish uchun kredit ajratishning barcha bosqichlari elektron platformalarda amalga oshiriladi. 2024-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvargacha davlat xaridlari maxsus axborot portalida davlat ishtirokidagi yirik korxonalar bilan kooperasiya asosida tashkil qilingan kichik tadbirkorlarga o'zlari ishlab chiqargan tovarlarni davlat buyurtmachilariga bir yilda 10 milliard so'mgacha to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar asosida sotishga ruxsat beriladi.
Xonqa tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i A.Boltyaev
|
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2023-12-11 |
| Кўриш | 517 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |