Yo'qolgan ashyoning topilmaganligi haqida ma'lumotnoma berish tartibi

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД1499
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/V4rXmSu9o0
СарлавҳаYo'qolgan ashyoning topilmaganligi haqida ma'lumotnoma berish tartibi
Матн

Xizmat: Yo'qolgan ashyoning topilmaganligi haqida ma'lumotnoma berish

Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy va yuridik shaxslar

Xizmatni ko'rsatish tartibi:

O'zining yoki yaqin qarindoshlarining (eri yoki xotini, farzandlari, nevaralari, aka-uka va opa-singillari) yo'qolgan ashyolarini topish bo'yicha jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslarning vakillari Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi.

So'rovnoma to'ldirilib, unga yo'qotib qo'yilgan ashyoning alohida belgilarini aks ettiruvchi fotosuratlar, elektron ma'lumotlar, agar ashyo hujjat bo'lsa, uning nusxalari ilova qilinishi mumkin.

Topib olingan ashyolar Markazda 6 oy davomida saqlanadi.

Agar bu vaqt ichida topilmani olishga haqli bo'lgan shaxs aniqlanmasa, ashyoni topib olgan shaxsga uning ashyoga nisbatan mulk huquqi vujudga kelganligi to'g'risida xabar beriladi.

Ashyoni topib olgan shaxs uni qabul qilib olishni rad etgan taqdirda, ashyo davlat mulkiga o'tadi hamda 3 ish kunida “E-auksion” savdo maydonchasida elektron auksionga qo'yiladi.

Markazga kelib tushgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar, guvohnomalar va turli xil rasmiy hujjatlar 1 oy ichida egalari tomonidan talab qilinmagan taqdirda, ushbu hujjatni bergan tashkilotga yuboriladi.

Xizmatni ko'rsatish muddati: 1 ish kuni mobaynida

Xizmat narxi: BHMning 5 foizi (YIDXP orqali murojaat etilganda – BHMning 4 foizi) miqdorida.

Mazkur tartib jinoyat va ma'muriy huquqbuzarliklar oqibatida yo'qolgan ashyolarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Huquqiy asos: Hukumat qarori (28-son, 18.01.2022-y.)

 

Xonqa tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

boshlig‘i A.Boltyaev

 

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2023-12-11
Кўриш239
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive