Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 1528 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/PRCLhLNI0J |
| Сарлавҳа | AYOLLAR DAFTARIGA KIRITILGANLARGA QANDAY YORDAM KO‘RSATILADI ? |
| Матн | Hukumatning 145-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan, «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi: 1) ishsiz xotin-qizlar uchun — ularni bandligini ta’minlash; 2) tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar uchun —- tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish; 3) boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar uchun — bir martalik moddiy yordam berish, zarur hollarda ularni uy-joyini ta’mirlash; 4) ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar uchun — tibbiy yordamlar ko‘rsatish; 5) uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar uchun — ijara kompensatsiyasini to‘lash, ijtimoiy uylarga joylashtirish, uy-joy bilan ta’minlash; 6) qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar uchun — bir martalik moddiy yordam berish, zarur hollarda, sektor rahbari xulosasi asosida tomorqadan va dehqonchilikdan daromad manbai sifatida foydalanish uchun ko‘maklashish.
Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti Davlatboyev G’olib
|
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2023-12-11 |
| Кўриш | 139 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |