Tashkilotlarda shtat qisqarganida homilador va 3 yoshgacha bolasi bor ayollarni shu sabab bilan ishdan bo‘shatish mumkin emas!

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД1529
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/x1AO048MGD
СарлавҳаTashkilotlarda shtat qisqarganida homilador va 3 yoshgacha bolasi bor ayollarni shu sabab bilan ishdan bo‘shatish mumkin emas!
Матн

 Mehnat kodeksining 163-moddasiga asosan, ish beruvchi quyidagi holatlarda hodimni ishdan bo‘shatishi mumkin emаs:

 Qonunchilikda belgilanmagan asoslar bilan;

 kamsitishni taqiqlash talabini buzadigan holatlarda ;

 xodim “bolnichniy”da bo‘lganda (ya’ni, kasal bo‘lganda) va ta’tillarga chiqqanida;

 xodim davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajarganligi uchun ishdan ozod etilganda;

 xodim xizmat safarida bo‘lganda;

 homilador ayollar homiladorlik davrida.

Shuningdek, 3 yoshgacha bolasi bor ayollar yoki 3 yoshgacha bo‘lgan bolani yolg‘iz tarbiyalayotgan ota (vasiy)ni faqat korxona tugatilganda, ular mehnat intizomini doimiy yoki bir marta qo‘pol ravishda buzganda ish beruvchi tomonidan bo‘shatish mumkin. Shtat qisqarishi yoki malakasi yetarli emasligi asosi bilan ularni ishdan bo‘shatish mumkin emas.

 

 

Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti Davlatboyev G’olib

 

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2023-12-11
Кўриш215
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive