I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt ish stajiga qo‘shiladi.

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД1531
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/2ZjT4XQoQ0
СарлавҳаI va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt ish stajiga qo‘shiladi.
Матн

 26.10.2022 yil kungi O‘RQ 795-son pensiya tayinlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan Qonun qabul qilingan.

 Ushbu Qonun bilan "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi Qonunning 37-moddasiga kiritilgan o‘zgarishga ko‘ra, I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.

 I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1 yil ish stajiga ega bo‘lsa, fuqaroning arizasi asosida ish staji va ish haqi inobatga olingan holda pensiya har ikki yilda bir marotaba qayta hisoblab chiqiladi. Bunda pensiyani qayta hisoblash fuqaro pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun murojaat qilgan sanadagi yoshga nisbatan talab qilingan ish stajidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

 

 

Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti Davlatboyev G’olib

 

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2023-12-11
Кўриш864
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive