Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 1558 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/cvaSgw5Hk6 |
| Сарлавҳа | Emansipatsiya nima? |
| Матн | O‘zbekiston Respublikasining Fuqorolik kodeksining 28-moddasiga asosan O‘n olti yoshga to‘lgan voyaga yetmagan shaxs mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan bo‘lsa yoki ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoxud homiysining roziligiga binoan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa, u to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi mumkin. Voyaga yetmagan shaxsni to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilish (emansipatsiya) ota-onaning, farzandlikka oluvchilarning yoki homiyning roziligi bilan vasiylik va homiylik organining qaroriga muvofiq yoxud, bunday rozilik bo‘lmagan taqdirda, sudning qarori bilan amalga oshiriladi. Ota-ona, farzandlikka oluvchilar va homiy emansipatsiya qilingan voyaga yetmaganning majburiyatlari bo‘yicha, xususan, u yetkazgan zarar oqibatida kelib chiqqan majburiyatlar bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar. Maqola muallifi: Yangibozor tumani Adliya bo‘limi DXM sho‘ba boshlig‘i O‘.Yusupov |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2023-12-15 |
| Кўриш | 693 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |