| Матн | “Kichik va oʼrta biznesni moliyaviy qoʼllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Prezident Farmoni (PF-193-son, 10.11.2023 y) qabul qilindi Farmonga koʼra, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aktsiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil qilinadi. Kompaniya tomonidan 2024 yil 1 martdan tadbirkorlarga quyidagi qoʼllab-quvvatlash choralari taqdim etiladi: oʼrta tadbirkorlik subʼektlarining ishlab chiqarish va xizmatlar koʼrsatish loyihalariga: loyiha qiymatining 15 foizi, biroq ustav kapitalining 20 foizi yoki 3 milliard soʼmdan ortiq boʼlmagan miqdorda tashabbuskorning ustav kapitaliga koʼchmas mulk obʼektlari, asbob-uskunalar va boshqa koʼrinishdagi aktivlar shaklida ulush kiritish; koʼchmas mulk va asbob-uskunalarning 70 foizi, biroq 10 milliard soʼmdan ortiq boʼlmagan miqdorda mulk sotib olish va yetti yilgacha muddatga qarzdorlik qoldigʼiga Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada yillik foiz hisoblash yoki boʼlib-boʼlib toʼlash sharti bilan xizmatlar ipotekasi asosida tashabbuskorga berish; kichik va oʼrta tadbirkorlik subʼektlarining loyihalariga: kredit (lizing) ajratish uchun tijorat banklari, mikromoliya va lizing tashkilotlariga milliy va xorijiy valyutada moliyaviy resurslarni joylashtirish; tijorat banklari, mikromoliya va lizing tashkilotlari tomonidan milliy va xorijiy valyutada ajratiladigan kredit, lizing, bank kafolati va akkreditivlarga umumiy qiymati 5 milliard soʼmdan oshmagan miqdorda kafillik taqdim etish; Kompaniya mablagʼlaridan foydalanish boʼyicha tijorat banklari bilan tuziladigan vositachilik shartnomalariga asosan belgilangan limit hamda umumiy miqdor va shartlar doirasida kreditlar boʼyicha kafillik (portfelь kafilligi) taqdim etish; 2024-2026 yillarda kichik tadbirkorlik subʼektlariga Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori va asosiy stavkaning 1,75 baravaridan oshmagan stavkada milliy valyutada 5 milliard soʼmgacha ajratiladigan kreditlar boʼyicha asosiy stavkaning 40 foizigacha miqdorda uch yildan ortiq boʼlmagan muddatga kompensatsiya taqdim etish.
Yangiariq tumani Adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
bosh yuriskonsulti X.Matkarimov
|