Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 1665 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/QMT7kcLPfh |
| Сарлавҳа | Yo'llar bo'yida joylashgan maktablar oldida maxsus foto-video qayd etish vositalari o'rnatiladi |
| Матн | Prezident Farmoni (PF-197-son, 20.11.2023 y.) bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildiUnga ko'ra, “Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qo'llab-quvvatlash hamda rag'batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF–136-son Farmonining (https://lex.uz/docs/-6020669) 1-bandida nazarda tutilgan quyidagilar 2024 yil 1 yanvardan Ichki ishlar vazirligi tizimidagi tibbiyot va farmasevtika xodimlariga (maxsus va harbiy unvonga ega bo'lgan xodim hamda harbiy xizmatchilardan tashqari) nisbatan ham tatbiq etiladi: oylik lavozim maoshlari: oliy va birinchi malaka toifalariga ega bo'lgan tibbiyot va farmasevtika xodimlari uchun — 15 foizga; ikkinchi malaka toifasiga ega bo'lgan va toifaga ega bo'lmagan, shuningdek, boshqa tibbiyot va farmasevtika xodimlari uchun 10 foizga; tibbiyot muassasalarining boshqa xodimlari uchun — 15 foizga oshiriladi. Shuningdek, “Avtomobil yo'llarida inson xavfsizligini ishonchli ta'minlash va o'lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ–190-son qaroriga (https://lex.uz/docs/-5937573) kiritilgan o'zgartirishga ko'ra, yo'llar bo'yida joylashgan maktablar oldida, kamida to'rt tasmali yo'llardagi piyodalar o'tish joylarida hamda yo'l-transport hodisalar o'choqlarida belgilangan tezlikni oshirish, piyodalarni o'tkazmaslik va fuqarolarning yo'lni belgilanmagan joydan kesib o'tishi kabi qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus foto-video qayd etish vositalari o'rnatiladi.
Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti M.Qo’zibayev |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2023-12-25 |
| Кўриш | 558 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |